Kumarojiva
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kumarojiva (344, Kusan shahri, Sharqiy Turkiston – 413, Changʼan, Xitoy) – buddizmom Janubiy Oʻzbekiston orqali Sharqiy Turkiston va Xitoyda tarqalishida muhim rol oʻynagan yirik mutafakkir. Otasi Kumroton—hind xoni bosh vazirining ugli, onasi Jiva – Kusan (Kuchar) xonining qizi boʻlib, ular buddizmdagi hinayana oqimining rohiblari edi. K. 7 yoshida rohib boʻlib yetishgan. 9 yoshida onasi bilan Kashmirdagi hinayana bilimdonlaridan 3 yil taʼlim olgan. 12 yoshida K. saboq olish uchun yuyechjilar (massagetlar, kushonlar) yurtiga, yaʼni Oʻzbeki-stonning jan. hududlariga kelgan. Buning sababi hinayana mazhabining ulugʻ allomalari shu yerda, Kushonlar yurtida toʻplangan edi. K. qaytishida Yorkendda bir yil turib, buddizmdagi boshqa mazhab – mahayanaga ixlos qoʻygan, bunda unga turkistonlik Nogor Juva va Oriyo Divonilar ustoz boʻlishgan. K. oʻz yurti – Kucharga qaytib kelgach, mahayanani keng targʻib etishga kirishgan. Xitoy tazkiralarida qayd etilishicha, Kuchar xoni K. ni ustoz deb hurmatlab, unga sher oyoqli oltin taxt yasatib bergan, maʼruzalarini tizza bukib eshitgan. Vatijada K.ning dongʻi Xitoyga tarqalgan. Bu davrda (4—5-asrlar) Xitoy oʻzaro kurashayotgan 16 ta xonlikka boʻlingandi. Jamiyatni faqat jismo-niy kuch bilan emas, balki gʻoyaviy birlik asosida birlashtirish tarafdorlari oshmokda edi. Xususan, „chiyang“ xalqi tomonidan barpo etilgan, „Avvalgi (ilk) Ching“ („Chyan Chin“) xonligi hukmdori Fujiyan buddizmni qoʻllab-quvvatlaydi. U K.ni olib ke-lish uchun harakat qilgan. K.ni 384 yil „toʻro“ (turkiy) Lyuy Guang Kuchardan olib ketadi. K. Loyanga oʻzi bilan buddaning 5 m lik hayqalini olib borgan. Shu yili Fujiyan oʻldirilganligi sababli K. Xitoyning ichki oʻlkalariga borishdan voz kechib 16 yil Lyuy Guang tomonidan tashkil etilgan Gujan xonligida yashaydi. Faqat 401 yil „Keyingi Chin“ xoni Yovshing K.ni Changʼanga taqlif etib, uni „davlat ustozi“ sifatida koʻtib olgan. K. umrining soʻnggi 12 yilida mahayanani targʻib qilgan, 300 jild (baʼzi manbalarda 98 qism, 425 jild) budda noʻm satrlarini tarjima qilib, sharxlar yozgan. K.ning „Olam haqiqatlari“ nomli 2 jildlik falsafiy asari Xitoyda buddizmning rivojiga katta taʼsir koʻrsatgan. K.ning xitoychaga tarjima qilingan „Moytreyo viyoqorana“ („Moytrening dunyoga kelishi“) kitobida ajdarhoni ulugʻlash Buddaga xos xususiyat ekanligi aks etgan. Mazkur tarjima orqali ajdarhoni ulugʻlash odati xitoyliklarga oʻtgan.
Abduxoliq Aytboyev.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |