Kumijiylar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kumijiylar - Oʻrta Osiyodagi qad. togʻli viloyat — Kumed aholisi. Ptolemeynnt yozishicha, miloddan avvalgi 1-asrda Baqtra shahridan boshlangan karvon yoʻli shim.da "Komedlar togʻli oʻlkasi"da Sugʻdiyonaga boradigan boshqa yoʻl bilan kesishgan. Syuan Szanta koʻra, Kyumito yoxud Kyumichje togʻli viloyati gʻar-bda — Xuttalon, jan.da — Shugʻnon, jan.gʻarbda — Panj daryosi bilan chega-ralangan. 7-asrning 1-yarmida Kumed Xuttalon tarkibida boʻlib, maʼmuriy markazi Vashgird shahri boʻlgan. Kumed viloyatida urta asrlarda K. qabilasi yashagan. Ular jasur va jangovar boʻlib, chorvachilik va talonchilik bilan shugʻullangan. K.ning koʻplab yer-mulklari, qishloqlari bor edi (shaharlari boʻlmagan). Ular Sagʻoniyon va Xuttalon hukmdorlariga tobe boʻlib, ularga harbiy yordam berib turishgan. 11-asrda qoraxoniylarlan Boʻritegin gʻaznaviylarga qarashli Xuttalon va Vaxshni K. yordamida bosib olishgan. Birok, 1038-yil bu viloyatlarni qaytarib berishga va K. mamlakatiga qaytishga majbur boʻlgan. Kumed hududi tarixning turli bosqichlarida oʻzgarib turgan. Antik davrda "Komedlar mamlakati"ga qad. karvon yoʻli boʻylab choʻzilgan togʻli viloyatning barcha yeri kirgan. Denov yoki Xolchayondan boshlangan yoʻl Pomirning tepasidagi Olay tekisligigacha borgan. "Kumedlar" yoki "Kumijiylar" deganda oʻsha davrda bu hududda, shuningdek, Gʻarbiy Pomir yon bagʻirlarida yashagan barcha koʻchmanchilar tushunilgan. Kushonlar davrida ular oʻz yerdarida yashab, shim.dan kelgan yuyechji qabilalari bilan qisman aralashib ketishgan. Ilk urta asrlarda Kumed xududi birmuncha cheklangan boʻlib tarkibiga Qorategin, Sagʻoniyon va Xuttalonning shim.da joylashgan togʻli viloyatni, shuningdek, Darvoz va ehtimol Rushonni qamrab olgan. K. 5—6-asrlarda shim.dan kelgan yangi koʻchmanchilar, dastlab xioniylar, soʻngra eftaliylar va turkiylar tomonidan siqib chiqarilgan. Keyinchalik turkiy qavmlar mahalliy K. bilan aralashib ketgan. "Tanshu" dagi maʼlumotga koʻra, 719 yil Kumedning turkiylarning yanto qabilasidan boʻlgan hokimi Valoyan Xitoy imperatoriga noma yoʻllab, unda arablardan shikoyat qilgan, arablar uning mulkini talontoroj qilib, xalqi boshiga katta oʻlpon solganini yozgan. 7-asrda Xitoyda "Kumedlik erkin (sayyor) musiqachilar" xalq orasida mashhur boʻlgan. 10-asrda somoniylar davrida K. ning ayrim qabilalari islomni qabul qilib ilgarigi yashash joylari — Surxondaryo va Kofarnihon daryolarining yuqori oqimidagi togʻlar va vodiylariga kelib oʻrvashganlar, biroq Sagʻoniyon va Xuttalon hokimlari qoʻl ostida boʻlishgan.
17-asrda Xuttalonning katta qismi va Vashgird atroflarida qirgʻiz qabilalari yashagan, ular keyinchalik sharqqa koʻchgan. Garm viloyati, yaʼni Qorateginda hozir tojiklar yashashadi, 17-asrda u yerda olay qirgʻizlari istiqomat qilgan, bunga mahalliy joy nomlari va xalq rivoyatlari guvohlik beradi. Bu hozirgi Pomirdagi Olay platosida yashayotgan olay qirgʻizlari qad. K.ning avlodi ekanligidan dalolat beradi.
Adabiyot
tahrir- Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX—vachala XIII vv., T., 1996.
Shamsiddin Kamoliddinov.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |