Kumushkon polimetall koni — Toshkent viloyatining Parkent tumanida, Chatqol togʻlarining jan.gʻarbiy qismida, Parkentsoyning chap sohilida. Qizilnura kvarsli porfirlar kontakt zovalariga toʻgʻri keladi.

Qad.da (1 —18-asrlar) Kumushkon polimetall konik.dan faqat kumush qazib olingan, shuning uchun "Kumushkon" deb atalgan. Kon yaqinida 1940-yillarda konchilar qishlogʻi vujudga kelgan. Keyinroq Kumushkon polimetall konik.da qoʻrgʻoshin, pyx, kadmiy va boshqa elementlar borligi aniqlandi. Kumushkon polimetall konik.ning geologik tuzilishida devon va toshkoʻmir davri ohaqtosh qatlamlari va yuqori toshkoʻmir davri magmatik togʻ jinslari ishtirok etgan. Kon hududidagi ohaktosh qatlamlari Zarkent antiklinalining bir qismini tashkil qiladi. Trias davrining 2-yarmida Kumushkon polimetall konik. maydonida shim.-gʻarbiy va shim.-sharqiy yoʻnalishda tektonik siniklar vujudga kelgan. Bu siniklar boʻylab magma yuqoriga koʻtarilib, kvarsporfirli daykalar hosil qilgan. Kon rudalari toshkoʻmir davri ohaktoshlari kontaktida va shu kontakt zonasida joylashgan. Olimlarning fikricha, yer qaʼridan koʻtarilgan ruda hosil qiluvchi gidrotermal eritmalar kvarsporfirli daykalar bilan ohaktoshlar kontakta zonasidagi siniklar boʻylab harakat qilgan va at-rofdagi togʻ jinslari, ayniqsa, ohaktoshlar bilan reaksiyaga kirishib, oʻz tarkibida qoʻrgʻoshin, pyx, kumush va boshqa elementlarni turli minerallar holida qoldirib ketgan. Rudalar linzasimon, quvursimon va uyasimon jinslar koʻrinishiga ega. Ularning qalinligi 3–8 m, chuq. 50 m dan 150 m gacha, tarqalish kengligi 10 m dan 80 m gacha choʻzilgan. Konda foydali minerallardan galenit, sfalerit, pirit koʻp; xalkopirit, tetraedrit, burnotit, argentit, tugʻma kumush, flyuorit minerallari esa ikkinchi darajali. Aniq razvedka qilingan ruda zahiralari tugagani uchun Kumushkon polimetall konik.da qon qazish ishlari 1959-yil toʻxtatib koʻyiddi, hrzirda foydalanilmaydi. Kumushkon polimetall konik. atrofidan ruda eriti-ladigan oʻchoq qoldiqlari, shlak uyumlari, sopol idishlar va kon qazuvchilarning ibtidoiy qurollari topilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil