Kunduzgi koʻrish qobiliyati — bu insonning koʻrish tizimidagi yorugʻlikni idrok etish mexanizmi, u nisbatan yuqori yorugʻlik sharoitida ishga tushadi. Kunduzgi koʻrish qobiliyati nur sezuvchi hujayralar yordamida 10 cd / m 2 dan oshiq (kunduzgi yorugʻlik sharoitiga mos keladi) fon yorqinligida amalga oshiriladi[1]. Bunday sharoitda toʻr pardaning tayoqchalari faol holatda boʻlmaydi. Sinonimlar sifatida fotopik[2] (qadimgi yunoncha: φῶς qadimgi yunoncha: φῶς — yorugʻlik va ὤψ — nigoh, koʻrish) va nur sezuvchi hujayralar orqali[3] koʻrish atamalari ishlatiladi.

Inson koʻzining kunduzgi (qizil chiziq) va tungi (koʻk chiziq) koʻrish sharoitiga nisbatan sezgirligining spektral bogʻliqligi.

Inson koʻzining kunduzi koʻrish qobiliyati uchun yorugʻlikka nisbatan sezgirligiga oid spektral bogʻliqligi rasmda koʻrsatilgan. Kechki koʻrish qobiliyatidagi koʻzlar sezgirligining egri chiziqga nisbatan maksimum koʻrsatkichi uzun toʻlqinli tomonga qarab siljiydi va 555 nm toʻlqin uzunligida joylashadi[4]. Biroq, maʼlum odamlar uchun nisbiy spektral yorugʻlik samaradorligi ahamiyati, shuningdek, maksimum joylashuv oʻrni farq qilishi mumkin, bunday ogʻishlar, ayniqsa, daltonizmdan aziyat chekuvchi odamlarda yaqqol seziladi. Protanopiya bilan ogʻrigan bemorlarda maksimum koʻrsatkich spektrning qisqa toʻlqinli qismiga, deyteranopiya bilan ogʻriganlarda esa uzun toʻlqinli qismiga siljigan boʻladi[5]. Atrofni odatiy ranglarda koʻrish qobiliyatiga ega boʻlgan keksa odamlarda koʻz gavhari ozroq sargʻayadi va biroz xiralashishi mumkin, bu ham maksimal koʻrsatkichni spektrning uzun toʻlqinli qismi tomon siljishiga olib keladi.

Kunduzgi koʻrish qobiliyatining tungi koʻrish qobiliyatiga nisbatan farqli xususiyatlari:

  • Yorugʻlik sezuvchanligining pastligi. Uning kattaligi tungi koʻrish qobiliyatidan taxminan yuz karra pastroq. Bu nur sezuvchi hujayralarning tayoqchalarga nisbatan yorugʻlikka taʼsirchanligining pastligi bilan bogʻliq.
  • Yuqori aniqlik (koʻrish oʻtkirligi). Bunga toʻr pardadagi nur sezuvchi hujayralarning zichligi tayoqlarning zichligidan sezilarli darajada yuqori ekani sabab boʻladi.
  • Ranglarni idrok etish qobiliyati. Bu toʻr pardada uch turdagi nur sezuvchi hujayraning mavjudligi tufayli amalga oshiriladi, har bir nur sezuvchi hujayra yorugʻlikni ushbu turdagi spektrning faqat bitta qismidan qabul qilib oladi.

Odam vizual maʼlumotlarning aksariyat qismini kunduzgi koʻrish qobiliyati orqali oladi.

Manbalar

tahrir
  1. „зрение дневное“, Большой медицинский словарь, 2000. 
  2. „зрение фотопическое“, Большой медицинский словарь, 2000. 
  3. „зрение колбочковое“, Большой медицинский словарь, 2000. 
  4. „ГОСТ 8.332-78. Государственная система обеспечения единства измерений. Световые измерения. Значения относительной спектральной световой эффективности монохроматического излучения для дневного зрения.“ (deadlink). 2013-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-iyun. (Wayback Machine saytida 2013-10-04 sanasida arxivlangan)
  5. Deane B. Judd. Contributions to Color Science. Washington D.C. 20234: NBS, 1979 — 316-bet. 

Yana qarang

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Гуревич М. М.. Фотометрия. Теория, методы и приборы, 7500 экз, Л.: Энергоатомиздат. Ленинградское отделение, 1983. 
  • Гуторов М. М.. Основы светотехники и источники света, 20000 экз, М.: Энергоатомиздат, 1983.