Kungay jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Parkent tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Masjid
Kungay jome masjidi
Kungay
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Parkent
Manzil Soʻqoq qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Kungay mahalla fuqarolar yigʻini
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Nazirullo domla Sharipov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Joylashuvi va faoliyati

tahrir

Kungay jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Parkent tumani, Soʻqoq qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Kungay mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Mazkur masjidga Kungay qishloq fuqarolar yigʻini, Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini, Usmon Nosir mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻazalkent mahalla fuqarolar yigʻini, Zarkent mahalla fuqarolar yigʻini, Chinor mahalla fuqarolar yigʻini, Elobod mahalla fuqarolar yigʻini, Boqurt mahalla fuqarolar yigʻini, Sanganak mahalla fuqarolar yigʻini, Shampan mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Nazirullo domla Sharipov hisoblanadi.

Tarixi

tahrir

2022-yilning 10-yanvar kuni Toshkent viloyati Parkent tumani Soʻqoq qishlogʻidagi „Kungay“ jome masjidining yangi binosi ochildi. Ochilish marosimida Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov, homiylar, imom domlalar, mahalla faollari, namozxonlar ishtirok etdi. Jome masjidning eski binosi 1880-yilda hashar yoʻli orqali qurilgan edi. Eski binoga 350 kishini sigʻa oladigan masjid boʻlib, soʻnggi yillarda namozxonlarga torliq qilib qolgan edi. Shuni inobatga olib, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Toshkent viloyati vakilligi rahbariyat bilan kelishgan holda 2019-yil may oyida yangi jome masjid binosining qurilishi boshlandi. 2022-yilning kuz faslida Soʻqoq qishlogʻida yangi masjid binosi qurilishi oʻz nihoyasiga yetdi. Homiylar mablagʻlari hisobidan bunyod etilgan jomeda ayni paytda 2000–2500 kishi namoz ibodatlarni bajo keltirishi mumkin[3].

Manbalar

tahrir
  1. [Nazirullo domla Sharipov „КУНГАЙ ЖОМЕ МАСЖИДИ“]. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „"КУHГАЙ" ЖОМЕЪ МАСЖИДИ“. statsnet.co. Qaraldi: 4-dekabr 2023-yil.
  3. „Хушхабар: «Кунгай» масжиди фойдаланишга топширилди“. alhidoya.uz. Qaraldi: 4-dekabr 2023-yil.