Parkent

Toshkent viloyati sharqiy qismidagi tuman

Parkent — Toshkent viloyati Parkent tumanidagi shahar (1984-yildan). Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi va viloyat markazi (Toshkent shahri)dan 47 km. Aholisi 45,5 ming kishidan ziyod (2003). Shahar aholisi va xoʻjaliklari Parkentsoy va Parkent kanalidan suv oladi. P.da 1 qoʻshma korxona, 22 kichik, 16 korxona, firmalar, 5 sanoat korxonasi, non zavodi, dehqon bozori bor. 14 umumiy taʼlim maktabi, musiqa va sport maktablari, ixtisoslashgan maktab, kasb-hunar maktablari, markaziy va bolalar kutubxonalari, madaniyat uyi, „Kichkin-toy“ bolalar xiyoboni, „Onalar va bolalar bogʻi“, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion (10 ming oʻrin), markaziy kasalxona, poliklinika, 12 do-rixona, 75 savdo, 145 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi mavjud. P. — Toshkent yoʻnalishida avtobus qatnaydi.

Parkent
shahar
Skyline of Parkent
41°17′40″N 69°40′35″E / 41.29444°N 69.67639°E / 41.29444; 69.67639 G OKoordinatalari: 41°17′40″N 69°40′35″E / 41.29444°N 69.67639°E / 41.29444; 69.67639 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Toshkent viloyati
tuman Parkent tumani
Aholisi
45 500
Vaqt mintaqasi UTC+5
Parkent xaritada
Parkent
Parkent
Parkent xaritada
Parkent
Parkent

P. oʻrnida dastlab muqim turar joylar miloddan avvalgi 2—1-asrlar chegarasida pay-do boʻlgan. Shahar toʻgʻrisida „Boburnoma“da ham maʼlumotlar berilgan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil