ParkentsoyToshkent viloyati Parkent tumanidagi soy (yuqori oqimida Kumushkonsoy deb nomlanadi). Uz. 40 km, havzasining maydoni 198 km². Qizilnura choʻqqisi (3267 m)ning shimoli-gʻarbiy yon bagʻirlaridan oqib tushadigan, umu-miy uz. 112 km boʻlgan kattakichik irmoklarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. P. gʻarbiy yoʻnalishda oqib, Chapqirgʻoq Qorasuv kanaliga quyiladi. Mavsumiy qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yyutlik suv sarfi 0,64 m³/sek. Tulinsuv davri mart—iyun oylarida, oqimining 75—80% shu davrga toʻgʻri keladi. Aprel oyida suvi eng koʻp boʻladi (oʻrtacha 2,5 m³/sek). P.da tez-tez sel toshqini ham boʻlib, bu vaqtda suv sarfi 108 m³/sek. gacha ortadi (1967 yil 29 aprel). P.dan Kumushkon, Changi, Hisarak qishlokdari hamda Parkent shahri va ular atrofidagi ekin maydonlari suv oladi.[1]

Parkentsoy va Surenota tizimi, iyunda)
Parkentsoy (keyinda) va Chapqirgʻoq Qorasuv kanali, yanvarda

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil