Surenota
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
Surenota — Gʻarbiy Tyanshan togʻ sistemasiga kiradigan tizma. Toshkent viloyatining shimoli-sharqida. Oqsoqotasoy bilan Parkentsoyning suvayirgʻichi. Oʻrtacha balandligi 1800 m, uz. 13 km. Alp burmalanishida palaxsalanib koʻtarilgan. Paleozoyning granit, porfirit, ohaktoshlaridan tuzilgan. Yozi iliq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 23°— 26°, yanvarniki —G, —3°. Yillik yogʻin 600–800 mm. Tizma yon bagʻirlaridan bir qancha soylar oqib tushadi. 1300 m balandlikkacha efemerlar usadi, yuqorirokda (1300–2000 m) siyrak archazorlar uchraydi. Tizmaning yuqori qismi alp oʻtloklaridan iborat. S. yon bagʻirlari yozgi yaylov. Togʻ etaklaridan temir rudasi koni topilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |