Porfirit
Porfirit — tarkibida kvars boʻlmagan effuziv paleotip togʻ jinsi; andezitta oʻxshash. P.da 60—65% SiO2 boʻladi. Shishadan iborat asosiy massa orasida plagioklaz, andezin, baʼzan piroksenning yirik kristallari uchraydi. Tarkibiga qarab bazaltli, plagioklazli, piroksenli va boshqa turlarga boʻlinadi. Burmali va platformali oblastlardagi turli geologik yoshdagi yotqiziqlar orasida keng tarqalgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |