Parkent tumani — Toshkent viloyatidagi tuman. Hokimi Shohruh Shoahmedov (2021-yil 17-mart kuni tayinlangan)[1]. 1926-yil sentabrda tashkil etilgan. Shim., sharq va janubida Boʻstonliq, Ohangaron, gʻarbdan Yuqori Chirchiq va jan.-gʻarbdan Oʻrta Chirchiq tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 1,08 ming km². Aholisi 115 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Parkent), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Boshqizilsoy, Boʻston, Zarkent, Nomdanak, Parkent, Soʻqoq, Hisarak, Changi, Koraqalpoq) bor. Tuman markazi — Parkent shahri

Parkent tumani
Паркентский район
tuman
Tarkibida Toshkent viloyati
Maʼmuriy markazi Parkent
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Parkent tumani xaritada
Koordinatalari: 41°17′35.9″N 69°40′50.9″E / 41.293306°N 69.680806°E / 41.293306; 69.680806 G O

Tabiati tahrir

 
Toshkent viloyat Parkent tumanidagi tabiat manzarasi

Parkent tumani Oʻrta Tyanshanning Chatqol tizmasi gʻarbiy etaklarida joylashgan. Hududi togʻlar bilan uralgan. Yer yuzasi gʻarbdan sharqqa balandlashib boradi. Eng baland joyi —3627,8 m (Qizilnura choʻqqisi). Relyefi togʻ oldi tekisligi, adir va togʻlardan iborat. Iqlimi togʻ oldi va togʻ iqlimiga xos, nisbatan kontinental. Tekisliklarda tipik boʻz tuproq, adirlarda toʻq boʻz tuproq, togʻ zonasida esa togʻ-oʻrmon tuproqlari tarqalgan.

Togʻ yon bagʻirlarida gorlar mavjud. Soy va buloq koʻp. Havoning yillik oʻrtacha temperaturasi 12°. Yillik yogʻin 536 mm. Vegetatsiya davri 180 kun. Chirchiq daryosining chap irmoklari: Parkentsoy, Boshqizilsoy va Oqsoqotasoy Parkent tumanining asosiy suv manbalari hisoblanadi. Ularning boshlanish joyida sharsharalar mavjud.

Tuman hududida 70 oilaga mansub 1000 dan ziyod oʻsimlik turi qayd etilgan. Shundan 200 ga yaqini dorivor oʻsimliklar. Adirlarda efemer va efemeroidlar hamda koʻp yillik oʻsimliklar tarqalgan. Ayniqsa, dukkakdoshlar, labgul-doshlar, murakkabguldoshlar oilasiga mansub oʻsimlik turi koʻp. Togʻ etaklarini oʻtloklar, yon bagʻirlarini archazorlar qoplagan. Baʼzi joylarda yongokzorlar, tog pistasi, naʼmatak, olcha, olma, zirk, doʻlana va boshqa oʻsimliklar uchraydi. Daryolarning yuqori oqimi vodiylarida terak, tol, kamxastak, jingil, olcha kabi daraxtlar usadi. 2400 m balandlikdan yuqorida joylashgan togʻ choʻlida Oʻzbekistonning "Qizil kitoboiga kiritilgan Grey va Kaufman lolalari, sovunildiz, piskom piyozi uchraydi. Yovvoyi xdyvonlardan 200 turga yaqin qush, 33 tur sut emizuvchi, 11 tur sudra-luvchi, 4 tur baliq yashaydi. Parrandalardan chumchuqsimonlar va yirtqich qushlar guruxlari mavjud. Ulardan quzgʻun, pakana burgut, qora kalxat Oʻzbekiston „Qizil kitob“iga kiritilgan. Sut emi-zuvchilardan boʻrsiq, choʻl mushugi, suvsar, oqsichqon, latcha, boʻri, qobon, al-qor, bugʻular uchraydi. Kemiruvchilardan jayra, sugʻur, yumronqoziq, oʻrmon olmaxoni, quyon va boshqa bor.

Parkent tumani hududida Oʻzbekiston Respublikasi FAga qa-rashli „Quyosh“ majmuasi, Materialshunoslik instituti, Seysmologiya institutining magnitionosfera rasadxona-si, „Koinot“ il-miy ishlab chiqarish birlashma-sining „Nevich“ eksperimental ba-zasi, Soʻqoq gidromeliorativ styasi, togʻ-oʻrmon xoʻ-jaligi, Chatqol biosfera qoʻrikxonasi joylashgan. Parkent tumani oʻzining dam olish maskanlari bilan mashhur. Bu yerda „Soʻqoq“, „Kumushkon“, „Sumcha“, „Qi-zilsoy“ kabi mavsumiy va doimiy dam olish uylari, 10 dan ziyod bolalar yozgi oromgoxlari va bir qancha korxonalar chorbogʻlari mavjud. Dam olish uylari yil davomida viloyatlar va xorijdan kelgan 10 mingdan ortiq kishiga xizmat koʻrsatadi.

Aholisi tahrir

Aholisi, asosan, oʻzbeklar (79,3%), shuningdek, tojik (13,8%), qozoq (4,5%), qirgʻiz (2%) va boshqa millat vakillari (0,4%) ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 106 kishi. Shaharliklar 45,5 ming kishi, qishloq aholisi 69,5 ming kishi (2003).

Xoʻjaligi tahrir

Qishloq xoʻjaligi tuman ishlab chiqarishning yetakchi sohasi hisoblanadi; asosan, uzumchilikka ixtisoslashgan. Parkent tumanida 11 shirkat xoʻjaligi, 530 dan ziyod dehqon-fermer xoʻjaliklari, qariyb 5600 yakka xoʻjalik bor. Tumandagi foydalaniladigan 61640 ga yerdan 15,4 ming ga yer haydaladi, 14,7 ming ga yer sugʻoriladi. 46972 ga lalmikor yer mavjud. 8934 ga yerga don, 1162 ga yerga sabzavot va poliz, 266 ga yerga kartoshka, 3026 ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 30610 qoramol, 67882 qoʻy va echki, 2376 ot, parranda boqiladi (2003).

Tumanda Toshkent toʻqimachilik kombinatining Parkent shoʻba korxonasi, gʻisht zavodi, tikuvchilik fabrikasi, Parkent va Shampan vino zavodlari, „Bonu-Golding“ agrofirmasi, „Zarkent“ qoʻshma korxonasi, limonad sexi, meva konservalash „BER-ARD“ xususiy korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Beshta korxonada eksport uchun mahsulot chiqariladi. Xoʻjaliklar tarkibida sutni qay-ta ishlash zavodi, 4 vino punkti, 4 kon-serva sexi ishlab turibdi.

Tumanda transport qatnovi yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Avtobus-taksimotor saroyi, 2 avtokorxona, MTP, yoʻl qurilish va suv xoʻjaligi boshqarmasi va boshqa tashkilot va korxonalar bor. Shuningdek, 4 savdo va tayyorlov korxonalari, non zavodi, supermarket, oʻnlab xususiy savdo firmalari, 172 savdo doʻkoni, 50 dan ziyod xususiy novvoyxona, 392 maishiy xizmat qoʻrsatish shoxobchalari mavjud. Parkent tumanida xalq hunarmandchiligi ham rivojlanmoqda.

Tumanda 53 ta maktab, litsey, kasbhunar, musiqa, sport maktablari ishlab turibdi. Ularda 1880 dan ziyod pedagog va tarbiyachi 29,7 mingga yaqin oʻquvchi va tarbiyalanuvchilarga taʼlim-tarbiya beradi. Parkent tumanida madaniyat uyi, 25 klub, 34 kutubxona faoliyat koʻrsatadi. 4 kasalxona (345 oʻrin), 2 poliklinika (985 oʻrin), tibbiy punktlar, stadion, 56 sport maydonchasi va sport zallari mavjud.

1982-yildan „Parkent tongi“ tuman gazetasi chiqadi (adadi 3000 dan ziyod).

Mahmud Toirov.[2]

Manbalar tahrir

  1. „Паркент туманига янги ҳоким тайинланди“. Bugun.uz. 2021-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 17 март.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil