Chapqirgʻoq Qorasuv kanaliChirchiq daryosining chap sohilidan chiqarilgan kanal (daryo) (Toshkent viloyati). Yuqori Chirchiq gidrouzelidan boshlanib, Shamalak gidrouzeligacha davom etadi. Uzunligi 87 km. Suv oʻtkazish imkoniyati 180 m³/s. Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq, Oʻrta Chirchiq, Oqqoʻrgʻon tumanlarida 165 ming ga yerni sugʻoradi. Kanalga koʻpgina soy suvlari kelib qoʻshiladi. Eng yiriklari: Juzuruqsoy, Parkentsoy, Samsaraksoy, Qizilsoy. Qorasuv kanali qadimgi kanallardan biri. Bir necha toʻgʻonli suv olish inshootlari bor. Ularning birinchisi — Nayman toʻgʻoni (kanalning 59 km da). 1926-yilda qurilgan boʻlib, RK7, RK71, Olgʻabos kanallariga suv beradi. 1930—1932- yillarda 74 km da Xontoʻgʻon suv olish inshooti qurildi. Inshoot toʻgʻon va Morgunenkov nomidagi RK8, RK9 kanallariga suv beradigan taqsimlagichlardan iborat. 1960—70-yillarda kanalning 3, 13, 36 va 56 km larida yana 4 suv olish uzellari qurildi. 68 km da kanalga Tuyaboʻgʻiz suv omborits&n kanal orqali suv olinadi. Chapqirgʻoq Qorasuv kanalining 36 km da I. A. Polvonov nomli Toshkent kanali boshlanadi[1].

Chapqirgʻoq Qorasuv kanali (Yuqorichirchiq gidrouzelida)
Chapqirgʻoq Qorasuv kanali
Chapqirgʻoq Qorasuv kanali (yuqori qismida)
Chapqirgʻoq Qorasuv kanali (yuqori qismida)
Tavsif
Uzunligi 87
Suv sarfi 160 m³/s
Davlat Oʻzbekiston

Manbalar

tahrir
  1. "Chapqirgʻoq Qorasuv kanali" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil