Kunihiko Kodayra

yaponiyalik matematik

Kunihiko Kodayra (yaponcha: 小平 邦彦) (16-mart 1915-yil – 26-iyul 1997-yil) – yaponiyalik matematik. Kodayra algebraik geometriya hamda murakkab xilma-xilliklar boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Fields medali bilan taqdirlangan ilk yaponiyalik olim (1954). 1984/85-yilgi Wolf matematika mukofoti bilan taqdirlangan.

Kunihiko Kodayra
Tavalludi 16-mart 1915-yil
Tokio, Yaponiya
Vafoti 26-iyul 1997-yil(1997-07-26)
(82 yoshda)
Kōfu, Yaponiya
Fuqaroligi Yaponiya
Sohasi matematik
Ish joylari Tokio universiteti
Perspektiv tadqiqotlar instituti
Johns Hopkins universiteti
Princeton universiteti
Stanford universiteti
Taʼlimi Tokio universiteti
Akademik rahbarlari Shokichi Iyanaga
Mashhur shogirdlari Walter Lewis Baily, Jr.
Shigeru Iitaka
Yoichi Miyaoka
Mashhur ishlari Algebraik geometriya, murakkab xilma-xilliklar
Mukofotlari Fields medali (1954)
Wolf mukofoti (1984/5)

Kodayra Tokio universitetini 1938-yil matematika, 1941-yil fizika boʻyicha darajalar bilan tamomlagan. 1949-yil ayni universitetdan PhD darajasini olgan. Oʻsha yili AQShagi Perspektiv tadqiqotlar institutiga chaqirilgan. 1953-yildan Princeton universitetida ishlay boshlagan. 1967-yil Tokio universitetiga qaytgan.

Kodayra Yaponiyadagi algebraik geometriyachilar maktabi asoschisidir. Olim karyerasi boshida Hodge teoriayasi ustida ishlagan. Keyinchalik murakkab tizimlarning deformatsiyalar teoriyasiga asos solgan. 1960-yillardan boshlab esa algebraik sathlarni klassifikatsiyalash ustida ishlagan.