Kurbe Jan Dezire Gyustav
Kurbe Jan Dezire Gyustav (fransuzcha: Jean Désiré Gustave Courbet; 1819.10.6, Orvan, Fransh-Konte — 1877.31.12, Turde-Peyls, Shveysariya) — fransuz rassomi, jamoat arbobi. 1837-yildan rassomchilik maktabiga qatnab oʻqigan, 1839-yildan xususiy atelyelar (jumladan, Kurbe Shtyoben atelyesi)ga qatnagan, naturadan asarlar yaratgan, lekin rassom sifatida mustaqil shakllangan. Kurbe ispan va golland rang-tasviridan (ayniqsa, Rembrandt, F. Xals ijodidan) taʼsirlangan. Kurbe realistik sanʼat taraqqiyotiga katta taʼsir qilgan; asarlarida ijtimoiy hayotda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni, oʻzi bilgan, uni oʻrab turgan voqealarni tasvirladi: "Tosh maydalovchilar" (1849), "Ornanda dafn marosimi" (1849), "Choʻmilayotgan ayollar" (1853), "Uchrashuv" (1854), "Qishloqlik nozik oyimlar" (1851), "Qishki manzara" (1867), "Togʻdagi kulba" (taxminan 1874) va boshqa Kurbe, shuningdek, barelyef va haykallar ham yaratgan.[6]
Kurbe Jan Dezire Gyustav | |
---|---|
Tavalludi | 10-iyun 1819[1][2][3] |
Vafoti | 31-dekabr 1877[4][5][2][3] |
Fuqaroligi | Fransiya |
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 (unspecified title)
- ↑ 3,0 3,1 (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |