Kurd adabiyoti
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kurd adabiyoti — kurd xalqining adabiyoti. Kurd adabiyotining qad. yozuv yodgorliklari — milodiy 7-asrda nomaʼlum muallif tomonidan charmga yozilgan doston boʻlib, uning ayrim qismlari 1920-yilda Sulaymoniy (Iroq) dan topilgan. 11—17-asrlarda sheʼriyatning yirik vakillari: Ali Haririy (11-asr), Mella Axmad Jaziy (12-asr), Mella Bate (15-asr), Ahmad Xoniy (17-asr); 19—20-asrlarda Salim, Xoji Qodir, Koyi, Noimiy, Kurdiy, Maxur, Shayx Rizo Talaboniy kabi shoirlar mashhur boʻlgan. 20-asr boshlarida eng yangi Kurd adabiyoti shakllandi. 20-asrning 1-yarmida ijod qilgan Hamdiy, Liriy Merda hamda hozirgi kurd sheʼriyati asoschilaridan biri F. Bekasa asarlarida, shuningdek, 20-asrning 2-yarmida ijod etgan yirik shoirlar: A. Xojar (Eron), Sh. Jigarxun, Kadrijon (Suriya), B. Varimon, A. Goran, yozuvchilar — Sh. Fattoh, I. Ahmad, M. Barzinji (Iroq), Badirxon (Turkiya) va boshqa asarlarida kurd xalqining hayoti, ularning milliy mustaqillik va ozodlik uchun kurashi hamda ular yashaydigan mamlakatdagi hukumatlarning siyosatiga qarshi norozilik kayfiyati ifodalangan. 20-asrning 30-yillariga kelib, hozirgi Kurd adabiyoti yanada rivoj topdi. 1931-yilda A. Shomilovning "Kurd choponi" avtobiografik qissasi, Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlarda A. Jindiy, A. Shomilov, A. Abdurahmon va boshqalarning roman va qissalari, J. Jasmiy, A. Avdol, H. Murod, O. Sharo, K. Chachan va boshqalarning sheʼriy toʻplamlari nashr etiddi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |