Bosh menuni ochish

Kurdiston — Gʻarbiy Osiyodagi togʻli oʻlka, tarixiy viloyat. Kurdistonning aksar qismi Old Osiyo va Eron togʻliklarida joylashgan. Kurdistonning aniq, chegarasi boʻlmaganligidan bu nom faqat etnografik maʼnoda ishlatiladi. Aholisi, asosan, kurdlar; turk, arab, aysor va boshqa ham yashaydi. Aholi chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanadi, shaharlarda hunarmandchilik rivojlangan. Kurdistonda foydali qazilmalar, xususan, neft koʻp. Kurdiston haqidagi dastlabki maʼlumotlar 12-asr manbalarida uchraydi. Oʻrta ayerdarda Kurdistonda yarim mustaqil amirliklar mavjud edi. 1914-yilda Kurdiston Eron bilan Usmonli turk saltanati tarkibiga kiritildi. U ham barham topgach (1918), vujudga kelgan Turkiya, Iroq va Suriya davlatlari tarkibiga kiritildi.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil