KURELLA (Kurella) Alfred (taxallusi — B. Sigler, V. Rebig, A. Bervad; 1895.2.5, Bjeg, Polsha - 1975.12.6, Berlin) — nemis yozuvchisi, publitsist, tarjimon va jamoat arbobi. Germaniya sanʼat akademiyasi aʼzosi. Rossiyada yashagan (1934—54). Fashizmni fosh etish K. ijodining asosiy mavzusi sanaladi. "Grovau hujjatlari" (1954), "Dimitrov Geringga qarshi" (1964), "Katta oʻyindagi kichik piyoda" (1961), "Inson oʻzini oʻzi yaratadi" (1958), "Tarqoq ocherklar" (1961) va boshqa asarlar muallifi.

K. Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonidan parcha va baʼzi gʻazal va ruboiylarini nemis tiliga tarjima qilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil