Kurs (lot. cursus — yugurish, harakat)— 1) oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida oʻquv davri, bosqichi (mas, birinchi K., ikkinchi K. va hokazo); 2) biror fan va ilm sohasining muayyan doiradagi tugallangan bayoni (mas, taʼlimning K. tizimi); 3) dengiz va havo transportining tutgan yoʻli, yoʻnalishi (mas, kema K.i); 4) siyosat, ijtimoiy va boshqa faoliyatlarda yoʻnalish (mas, islohotlar Kurs); 5) bir mamlakat pul birligi bahosining boshqa mamlakat pul birligidagi ifodasi (qarang Valyuta kursi); 6) birjada sotib olinadigan va sotiladigan aksiya, obligatsiya, veksel va boshqa qimmatbaho qogʻozlar bahosi, varxi; 7) tugallangan harakat, muolaja (davolash Kurs); 8) ishlab chiqarish va boshqarish, fan, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda xodimlar tayyorlash va malaka oshirish shakllaridan biri.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil