Kurs loyihasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kurs loyihasi - texnika yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlovchi oliy oʻquv yurtlari, oʻrta maxsus va kasbhunar oʻquv yurtlari (kasb-hunar kolleji) talaba (oʻquvchi)lari tomonidan oʻquv yili (kurs, semestr) davomida bajariladigan mustaqil ish. Kurs loyihasida obyekt, jarayon, rejalashtirish va hokazoning joʻzʼiy boʻlagi tahlil qilinadi, baʼzi sifati yoki koʻrsatkichi yangidan loyihalanadi. Kurs loyihasi grafik qism va hisob-tushuntirish xatidan iborat. Kurs loyihasini bajarish jarayonida talaba (oʻquvchi)lar texnologik jarayonlarni loyihalashtirish, ishlab chiqarishni tashqil etish va rejalashtirish boʻyicha olgan nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar, ilmiy tadqiqotda muayyan koʻnikma hosil qiladilar, ilmiy-texnika va maxsus adabiyotlar, namunaviy loyiha va shahrik.dan foydalanishni oʻrganadilar. Kurs loyihasiga tajri-bali professor-oʻqituvchilar va ishlab chiqarish yetakchi mutaxassislari rahbarlik qiladi. Kurs loyihasi talaba (oʻquvchi)larni bitiruv malakaviy ish yoki magistrlik dissertatsiyalarini mustaqil bajarishga tayyorlaydi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |