Kursiy
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kursiy (arab. — oʻrindiq, taxt, ta-yanch) — islom manbalarida Arshi aʼloning ikkinchi nomi, 7 qanat osmondan tashqari alohida 8-osmon ham tushuniladi. Qurʼonning Baqara surasidagi 255oyat "Oyatal-Kursiy" deb nomlangan. Unda "Allohning Kursiysi Yeru osmonlardan ham kenglik qiladi", degan ibora bor. Uning tafsirida baʼzi olimlar Arshning keng va kattaligi Yeru osmonlarni oʻz ichiga sigʻdirgudek hajmda deb bilsa, baʼzilar Yeru osmonlar, ularning ichi va tashqarisidagi barcha narsalardan xabardor boʻlish Allohning ilmidir, deb hisoblaydi. Bu kabi bahslar Qurʼondagi ayrim oyatlar mazmuni Muhammad (sav) hadislarida sharxlanmay qoldirilgani bois vujudga kelgan. Bunday holatda tafsir yozgan olimlar oʻzlarining aql va fikrlari doirasida izoh berishlari tabiiydir.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |