Bosh menuni ochish

Kursk (ruscha: Курсќ) Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Kursk viloyatining markazi, Kursk tumaning markazi. Moskva shahridan 530 km janubda joylashgan. O'rta asrlarda Kursk knyazligi poytaxti bo'lgan. Seym daryosi boʻyida. Kursk tuguni. Moskva—Simferopol avtomagistralida. Aholisi 445,5 ming kishi (1998). Mashinasozlik ("Schyotmash", akkumulyator, elektroapparat zavodlari), kimyo (kimyoviy tola, texnik rezina buyumlari), kimyo-farmatsevtika, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, 4 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, oʻlkashunoslik, Kursk jangi (1943) harbiy-tarixiy muzeylari, suratlar galereyasi bor. Kursk 1032 yildan Kiyev Rusi qalʼasi sifatida maʼlum. 14-asr dan Litva, 1508 yildan Rossiya tarkibida. K.da 17— 19-asrlar meʼmoriy yodgorliklari, Troitsa cherkovi saqlangan.[2]

Viloyat ahamiyatiga ega shahar
Kursk
rus. Курск
Bayroq
Bayroq
Mamlakat Rossiya
Koordinatalari 51°43′0″N 36°11′0″E / 51.71667°N 36.18333°E / 51.71667; 36.18333Koordinatalari: 51°43′0″N 36°11′0″E / 51.71667°N 36.18333°E / 51.71667; 36.18333
Ichki boʻlinishi 3ta okrugga
Mer V.N.Karamishev
Asos solingan 1032-yil 25-sentabr
Ilk eslatilishi 1095
Maydoni 208,2 [1] km²
Markazi balandligi 250 m
Rasmiy tili ruscha
Aholisi 448 733 nafar (2018)
Zichlik 2352,47 kishi/km²
Milliy tarkibi ruslar 98,06 %
boshqa
Vaqt mintaqasi UTC+3
Telefon kodi +7 4712
Pochta indeksi 305000
Avtomobil kodi 46
Rasmiy sayti http://www.kurskadmin.ru
Kursk shahri (Rossiya)
Kursk rus. Курск

AholisiTahrirlash

Shahar aholisining yarmidan oshigʻini ruslar tashkil qiladi. Rasmiy bayonotga koʻra aholi soni 443 212 ming kishini tashkil qiladi.


Kurskning aholisiTahrirlash

TarixiTahrirlash

Kurskda birinchi shahar ko'rinishlari 1032-yilda ko'zga tashlangan. Shaharga 1095-yilda asos solingan. XI-XIII asrlarda Kursk knyazligi hukm surgan. Birinchi Kursk knyazlari Izyaslav Vladimirovich, o'g'li Vladimir Monomaxlar bo'lgan.

Ma'daniyat va san'atTahrirlash

KutubxonaTahrirlash

 
Qishki sobor
  • N. N. Asayeva nomidagi Kursk viloyati kutubxonasi
  • Bolalar va o'smirlar viloyat kutubxonasi
  • Y. I. Nosova nomidagi kutubxona
  • Yegor Polyanko nomidagi kutubxona
  • Afasiyeva Fita nomidagi kutubxona
  • N. Y. Korneyeva nomidagi kutubxona
  • 4-bolalar kutubxonasi
  • 5-bolalar kutubxonasi
  • 8-bolalar kutubxonasi
  • Meditsina kutubxonasi

Birodar shaharlariTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. БД ПМО Курской области. Город Курск
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil