Kurtak — 1) yuksak oʻsimliklarning novda kurtagi. Kurtak. uchki qismida oʻsish konusi boʻlgan boshlangʻich poya va oʻzaro zich joylashgan har xil yoshdagi bargchalardan (vegetati v Kurtak.) yoki ular bilan birga oʻrnashgan boshlangʻich gul va tuigullardan (generativ Kurtak.) iborat. Boshlangich gul Kurtak. gʻuncha deyiladi. Qishlaydigan Kurtak. sirtdan qoʻngʻir qobiq (shakli oʻzgargan barglar) bilan qoplangan. Kurtak. novdaning uchida (uchki Kurtak.), barg qoʻltigʻida (barg Kurtak.) yoki poyaning boshqa qismlari, ildiz, baʼzan barglarda (qoʻshimcha Kurtak.) boʻladi. Bahorda yozilmaydigan va novdada rivojlanmay turgan Kurtak. uyqudagi (yashirin) Kurtak. deyiladi. Oʻsimlik kesilganida yoki singanida bunday Kurtak.dan yangi novda oʻsib chiqadi. Oʻsimliklarning bu xususiyatidan bir tur oʻsimlikni boshqa tur oʻsimlikka payvandlashda foydalaniladi;2) baʼzi umurtqasiz hayvonlar (boʻshliqichlilar, halqali chuvalchanglar va boshqalar)da ova organizmida rivojlanayotgan jinssiz yoki jinsiy yosh organizm.<ref>OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 200

Manbalar

tahrir