Kurtakxoʻr
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kurtakxoʻr (Gmetocera ocellana F.) -kapalaqlar turkumining parvonalar oilasiga mansub hasharot. Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Yevropa, Uzoq Sharq, Shimoliy Amerikada tarqalgan. Kapalagi sariqkulrang, oldingi qanotining orqasida keng oq yoʻli bor, qanotlari yozilganda 1,5 sm. Lichinkasi avval oq, keyin pushtirang, oʻz. 10–13 mm. Gʻumbagi oʻz. 6,5—8,0 mm, qorin boʻgʻimlarida tikanlari bor. Qurti oʻz. 9–12 mm, jigarrang. K. barcha meva daraxtlari — olma, nok, shaftoli, olxoʻri va boshqalarning kurtagi, gʻunchasi, guli, bargini, yozning ikkinchi yarmida mevalarini zararlaydi. K.ning birinchi va ikkinchi yoshdagi qurtlari yupqa pilla ichida, poʻstloq yoriqlarida, koʻpincha kurtaklarga yopishgan quruq barglar ostida qishlaydi. Koʻklamda qurtlari rivojlanayotgan kurtaklarni tyoshib ovqatlanadi (kurtaklardan qurt chiqindisi bilan ifloslangan qoramtir shira tom-chilari chiqib turadi). Qurtlar meva barglarini oʻzlari ajratgan iplar bilan oʻrab, yaltiroq pilla ichida gʻumbakka aylanadi. May oyining 2-oʻn kunligida gʻumbakdan kapalaqlari uchib chiqadi. Bitta urgʻochi kapalak barg ustiga 70—180 tagacha tuxum qoʻyadi.
Kurash choralari: koʻzda yoki erta bahorda meva daraxtlarining tanasidagi eski poʻstloqlari tozalanadi, butaladi, shoxlari siyraqlanadi, qurigan shoxlar qirqib, yoqiladi. Bahorda lichinkalarini yoʻqotish uchun olma va boshqa mevali daraxtlarga gullashdan avval yoki guldan tushganidan keyin fozalon (2,0—4,0 l/ga) yoki karbofos (1,0—3,0 l/ga) preparatlari sepiladi.
Sulton Alimuhamedov.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |