Kurvimetr (lot. curvus — egri chiziq va ... metr) — topografik chizmalar, haritalar va grafik hujjatlarda egri yoki ilonizi chiziqlar kesmalarini oʻlchaydigan asbob. Shkalasi dumaloq va toʻrtburchak shaklda yasaladi. Unda shkaladan tashqari tana (korpus), dasta, mil va oʻlchanadigan chiziqlar ustidan yurgiziladigan gʻildirakchalar boʻladi. Gʻildirakcha oʻlchanadigan egri yoki ilonizi chiziq ustida yurgizilganda K. shkalasida chiziq kesmasining uzunligi (mm yoki sm da) koʻrinadi (gʻildirakcha toʻliq bir marta aylanganda shkala 100 sm masofani koʻrsatadi). K. shkalasi qoʻzgʻalmas siferblatli va qoʻzgʻaluvchan milli yoki indeksli, qoʻzgʻaluvchan siferblatli va qoʻzgʻalmas indeksli qilib ishlab chiqarilishi mumkin. K. davlat miqiyosida standartlashtirib qoʻyiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil