Kuy avjida uzilmasin tor

oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam

„Kuy avjida uzilmasin tor“oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1986-yil Moskva shahrida „Xudojestvennaya literatura“ nashriyotida rus tilida chop etilgan. 1991-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasida oʻzbek tilida chop etilgan.

Kuy avjida uzilmasin tor
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar va doston
Nashriyot „Xudojestvennaya literatura“ (ruscha nashr)
Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi (oʻzbekcha nashr)
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1986 (ruscha nashr)
1991 (oʻzbekcha nashr)
Sahifalar soni 253 (ruscha nashr)
336 (oʻzbekcha nashr)
ISBN ISBN 5-635-00516-0 (oʻzbekcha nashr)

Ruscha nashr tahrir

Ruscha nashr 1986-yil Moskva shahrida „Xudojestvennaya literatura“ nashriyotida chop etilgan.[1] Asar kirish soʻzini Robert Rojdestvenskiy yozgan. Kitob adadi – 10 000 nusxa.

Oʻzbekcha nashr tahrir

Oʻzbekcha nashr 1991-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasida chop etilgan.[2] Toʻplamga muallif 1960-, 1970- hamda 1980-yillarda yozgan sheʼrlari va „Ruhlar isyoni“ dostoni kiritilgan. Asar rasmlarini I. Kiriakidi chizgan.

Oʻzbekcha nashr boshida Vohidovning tarjimai holi keltililgan. Asar „Kuy avjida uzilmasin tor“, „Dildorga noma yozdim“, „Oʻrtada begona yoʻq“, „Ona tilim oʻlmaydi“ turkumlariga boʻlingan.

Manbalar tahrir

  1. „Kuy avjida uzilmasin tor“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 26-noyabr.
  2. „Kuy avjida uzilmasin tor“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 26-noyabr.

Havolalar tahrir