Kuyikish
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kuyikish — jinsiy jarayon bosqichi, urgʻochi hayvonlarning jinsiy faollik davri. K. davrida hayvonlar bezovtalanadi, jinsiy sikllar — jinsiy aʼzodan shilimshiq suyuqlik ajralib chiqishi va ovulyasiya (tuxum hujayraning yetilib, tuxumdondan chiqish) hodisasi roʻy beradi, qin va ba-chadonda morfologik oʻzgarishlar sodir boʻladi. Jumladan, sigirlar jinsiy aʼzosidan suyuqlik kelishi 2—3 kun, juftlashishga xohishi 12—18 soat davom etadi. Qoʻylarda jinsiy aʼzodan suyuqlik kelishi 24—36 soat va juftlashishga xohish jarayoni 38 soat davom etadi. K.ning 2 xili mavjud: fiziologik K. va jinsiy K. Fiziologik K. urgʻochi buzoqdarda 6—8 oyligidan boshlab kuzatiladi. Lekin ularni bu davrda qochirish man etiladi. Jinsiy K. muddati gʻunajin uchun 16—18 oylik deb belgilangan va ular shu davrdan boshlab urugʻlantiriladi. Sigirlarda jinsiy sikl tuqqanidan soʻng har 18—45 kunda qaytariladi. Mol qochirilganda urugʻlanmasa, oradan maʼlum vaqt (mas, biyalar va sigirlar 20—21 kun, sovliqlar 12—20 kun) oʻtgach, qayta qochiriladi (qarang:qochirish).
Ubaydulla Nosirov.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |