Kuzgi ekinlar - kuzda ekilib, qishlaydigan va keyingi yili hosil beradigan bir yillik ekinlar. Kuzgi ekinlar ning 2 faol: koʻzgi (45—50 kun; ildiz tarmogʻi va yer ustki vegetativ organlari shakllanadi) va bahorgi — yozgi (75— 100 kun; generativ organlari rivojlanadi) vegetatsiya davri boʻladi. Kuzgi ekinlar bahorda ekilganda unib, bachki poyalari oʻsib chiqadi, lekin meva tugmaydi (don bermaydi). Kuzgi ekinlarga boshoqli don oʻsimliklaridan bugʻdoy, javdar, arpa; butguldoshlardan koʻzgi raps, surepka va boshqa; dukkakdoshlardan kuzgi vika va boshqa kiradi. Yevropa va AQShda Kuzgi ekinlardan eng koʻp ekiladigani koʻzgi bugʻdoydir. Sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida Kuzgi ekinlar birinchi yoki oralik ekinlar sifatida jadallashgan almashlab ekish tizimlarida qoʻllanadi. 1:4:1:4 sxemali almashlab ekishda 1- va 6-da-lalarda 1 yilda 2-marta don hosil olivadi, shunda 1-ekin Kuzgi ekinlar, 2-ekin sifatida makkajoʻxori ekiladi. Kuzgi ekinlar bahori ekinlarga qaraganda serhosil boʻladi (qarang Lalmikorlik).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil