Kuzgi soʻlish - ekinlarda uchraydigan noinfeksion kasallik. Kasallikning oʻziga xos xususiyati ekinning egilib qolishi va tezkorlik (2—3 kun) bilan oʻtishidir. Kasallik asosiy hosilni toʻplash davriga toʻgʻri keladi. Mas, gʻoʻzada kasallangan oʻsimlikning bargi qizgʻish tusga kiradi, biroq dogʻlar hosil boʻlmaydi, poyasi va ildizining koʻndalang kesimi sogʻlom oʻsimliknikidan farq qilmaydi, poyaning oʻtkazuvchi vay qismida vilt kasaligiga xos boʻlgan (traxeomikoz soʻlish) qorayish belgilari boʻlmaydi. Kuzgi soʻlishga sugʻoriladigan oʻtloqibotqoqi tuproqdagi grunt suvlarining yaqinligi (chunki bunda anaerob mikroorganizmlar hayot faoliyati jarayonida gidromorf tuproqlarda ekin uchun zaharli temirning chala oksid formalari, vodorod sulfid va metan vujudga keladi) va koʻllatib sugʻorish sabab boʻladi. Kasallangan oʻsimlikdagi yetilgan va yetilmagan koʻsaqlar 5—6 kun ichida ochiladi, biroq muddatidan oldin ochilgani uchun tola sifati past boʻladi. K. sdan hosil Zs/ga yoki 10% gacha kamayadi.

Kurash choralari: sugoriladigan gidromorf tuproqlarda yuqori normada tez-tez sugormaslik; vegetatsiya davrida grunt suvlar sathini ildiz taraladigan qatlamdan pastroqda, yaʼni tuproq yuzasidan kamida 1 m chuqurlikda boʻlishini taʼminlash.

Madiva Rasulova.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil