Kvadrant (lotincha guadrans — chorak, toʻrtdan bir qism) — 1) astronomiyada: a) qad. astronimik asbob; osmon yoritqichlarining ufkdan balandligi, yoritqichlar orasidagi burchak masofalar oʻlchanadi. K. yoyi aylana uzunligining 1/4 qismi boʻlib, gradus va minutlar bilan shtrixlangan. Oʻrta asrda Sharq astronomlari K.dan keng foydalanishgan. Oʻrta asr Sharq astronomlari asarlarida turli K.lar (sinus K., devoriy K. va b.) bayon qilishgan; b) osmon yoritqichlarining qad. haritalarida uchraydigan yulduz turkumi. U Hoʻkizboqar va Ajdar yulduz turkumlarini oʻz ichiga oladi; 2) matematikada — tekislik oʻzaro 2 perpendikulyar toʻgʻri chiziqning kesishishidan hosil boʻlgan 4 soha (burchak) ning biri, doyra K.i — markaziy burchagi 90° boʻlgan sektor, doiraning turtdan bir qismi; 3)harbiyda — artilleriya qurollarida nishonni moʻljalga olish asbobi, optik moʻljalga olish moslamalari yaratilgunga qadar qoʻllangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil