Kvant evolyusiya (lotincha: quantum -qancha) — yirik taksonlar (oila, turkum, sinf va b.)ning shakllanishida evolyusiyaning yuqori izchilligini tushuntiruvchi konsepsiya. K. e. konsepsiyasini Amerika paleontologi J. Simpson taklif etgan (1944). K. e. jarayonida organizmlarning boshlangʻich guruhi oʻzining avvalgi adaptiv zonaga moslashishini yoʻqotadi; soʻngra tezda noadaptiv holatni bosib oʻtib yangi adaptiv zonaga moslanuvchi kompleks belgilarni hosil qiladi yoki nobud boʻladi. K. e. konsepsiyasiga koʻpchilik olimlar shubha bilan qarab, organizm yashash joyining oraliq tiplaridan foydalanish orqali yangi muhitga asta-sekin moslashganligini tan olishadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil