Kyosti Kallio (fin: Kyösti Kallio, 1873-yil, 10-aprel, Ylivieska, Finlandiya Buyuk Gertsogligi — 1940-yil, 19-dekabr, Xelsinki, Finlandiya) — Finlandiya siyosatchisi, 1922—1924, 1925—1926, 1929—1930, 1936-1937 - yillarda bosh vazir, 1937-1940 yillarda Finlandiya prezidenti bo`lgan. Agrar ittifoq partiyasining o'ng qanotiga qo'shilgan.

Tarjimayi hol tahrir

Bolalik yillari tahrir

Kyosti Kallio 1873-yilning 10-aprel kuni Ylivieska shahrida Ylivieska munitsipalitet rahbarlaridan biri oilasida tavallud topadi. 1895-yilda Nivaladagi yangi turarjoy, yuqori darajadagi ta'lim va yirik yer egasi maqomi Kallioning kommunada muhim vazifalarni bajarishiga sabab bo`lgan. Litseyda tahsil olgan yillari unga Ouludagi Finlandiya litseyi rektori, pietistlar yetakchisi, konstitutsiyachi Mauno Rusendal katta ta'sir ko'rsatgan edi. Yoshlar jamiyatida ishlayotgan Kallio keyinchalik asosiy siyosiy hamkoriga aylangan yozuvchi Santeri Alkio bilan uchrashadi.

1906-yilning kuzida “Agrar ittifoq” partiyasi tuzildi va Kallio partiyaning yetakchi organlariga saylanadi. 1907-yilgi parlament saylovlarida u bir vaqtning o'zida agrarlar va Finlandiya yoshlar partiyasidan nomzod qilib ko'rsatiladi, ammo u yosh finlar qishloq muammolariga befarq emas deb hisoblab, agrar fraktsiyaga qo'shildi. 1908-1916-yillarda partiya raisi bo`ladi.

Fuqarolar urushi yillarida tahrir

Finlandiya mustaqilligi uchun kurash tarixida Kallio asosiy shaxslardan biri bo`ladi. U qishloq xo'jaligi komissiyasiga raislik qilgan.

Fuqarolar urushi paytida Kallio qizillarning zo'ravonlik usullarini keskin qoraladi va Qizillar nazorati ostidagi Xelsinkida yashirinishga majbur bo'ldi. Biroq, urush tugagandan so'ng, u qasos olishning ommaviy repressiv choralaridan voz kechishga chaqirdi. Uning 1918-yilning 5-mayidagi Nivala cherkovida qilgan nutqi ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. U zudlik bilan birlashgan Finlandiyani qurishni talab qilgan birinchi taniqli oq siyosatchi bo'ldi. U "na qizillar, na oqlar bor, faqat o'z vatanini sevadigan Finlar bor, o'zlarini jamiyat a'zosi sifatida biladigan va bu erda o'zlarini yaxshi his qiladigan Finlandiya Respublikasi fuqarolari bor" degan edi.

Yuksalish tahrir

1930-yillarning o'rtalarida, Sunil siyosatdan ketganidan so`ng va Juxo Niukkanenning saylov kampaniyasida ishtirok etishdan bosh tortganidan keyin, Kallioning agrar ittifoq rahbari sifatidagi mavqei yana ham mustahkamlanadi. 1936-yilgi parlament saylovlaridan keyin Agrar ittifoq va Finlandiya sotsial-demokratik partiyasi qoʻshma hukumat tuzishga kelishib oldilar. Ammo prezident Svinxuvud “qizil-yashil hukumat”ni tayinlashdan qat'iayn bosh tortdi va Kallio markazchi kabinetni qayta tuzishga majbur boʻldi.

1937-yilning 1-martida Kallio Finlandiya prezidenti etib saylanadi. Kallio o'zining uzoq yillik siyosiy maqsadlarini, birinchi navbatda, ijtimoiy yarashuv va ijtimoiy jipslikni amalga oshirishga muvaffaq bo'ladi. Uning saylanishi ikkita katta milliy murosaga erishish fonida bo'ldi - "qizil-yashil"murosasi va til siyosatidagi bag'rikenglik. Kallio Aimo Kaarlo Kajander raisligida ko`pgina agrar va sotsial-demokratlar ishtirokida hukumatni tayinladi.

Qishki urush paytida tahrir

Qishki urush arafasida bo'lib o'tgan muzokaralarda Kallio Sovet Ittifoqiga hududiy yon berishlar mamlakatning ichki birligini buzishidan qo`rqadi, shuning uchun ham murosasiz pozitsiyani egallashga qaror qiladi. Natijada, bu Sovet Ittifoqining Finlandiyaga hujumiga va qishki urushning boshlanishiga olib keldi. 1939-yil, 30-noyabrda mamlakatda harbiy holat e’lon qilindi.

Urush paytida Kallio odamlarni ma'naviy ruhlantirish uchun hamma chorani ko`rishga harakat qiladi. U birdamlik va nohaq tajovuz obyektiga aylangan kichik xalqni himoya qilish irodasining timsoliga aylandi. U murosasizlik tarafdori edi, lekin oxir-oqibat u Finlandiya uchun haqoratli shartnoma imzolashga majbur bo'ldi.

Tinchlik bitimidan so`ng, darrov radio orqali nutq so‘zlab, millatni, uning o‘zligini, qadr-qimmatini saqlab qolish mumkinligini aytib, kelajakdagi maqsadlar sari yanada intilish kerakligini aytadi. Vayronalarni tiklash uchun xalq o'z kuchlarini to'plashi kerak edi. Prezident tinchlik shartnomasi asosida Sovet Ittifoqiga oʻtgan hududlardan kelgan muhojirlar muammosini bartaraf etishga erishilganini alohida taʼkidladi.

Urushdan keyin tahrir

Urushdan keyin Kallioning kuchi sezilarli darajada kamaydi, asosiy kuchlar Risto Ryti, Karl Gustav Mannerxaym, Rudolf Valden, Väinyo Tanner va Rolf Vitting qo'llarida to'plangan. 1940-yil, avgust oyida Kallio ishtirokisiz fashistlar Germaniyasi bilan tranzit shartnomasi imzolandi. Ko'p o'tmay, Kallio insultga uchradi va Ryti vazifalarni bajarishga kirishdi. 1940-yil, 27-noyabrda Kallio iste'foga chiqdi.

Risto Riti voris etib saylanganidan so'ng, Kallio dam olish va davolanish uchun Nivalaga otlanadi, ammo 19-dekabr kuni u Xelsinkidagi temir yo'l vokzalida yurak xurujidan vafot etadi. Nivalada dafn etilgan.

Xotira tahrir

Avlodlar Kallioni boshqacha baholaydilar. Ba'zilar uni juda hurmatga sazovor "dehqon prezidenti", boshqalari esa uni "zaif" prezident sifatida ko'rishadi, uning tashqi siyosatini tushuna olmasligi Finlandiyani Ikkinchi Jahon urushiga tortishga qisman hissa qo'shgan deyishadi. So'nggi tadqiqotlar Kallioning prezident sifatidagi eng obyektiv bahosini beradi - uning parlamentarizmga sodiqligi va qishki urush arafasida qat'iyligi ta'kidlangan.

Havolalar tahrir