Curtis McMullen

amerikalik matematik
(Kyortis Makmullendan yoʻnaltirildi)

Curtis McMullen (talaffuzi: Kyortis Makmullen) (1958-yil 21-mayda tugʻilgan) – amerikalik matematik. Harvard universitetida ishlaydi. Golomorf dinamika, Lobachevskiy geometriyasi, Teichmüller teoriyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1998-yil Fields medali bilan taqdirlangan.

Curtis McMullen
Tavalludi 21-may 1958-yil (1958-05-21) (66 yosh)
Berkeley, California, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Matematika
Ish joylari Harvard universiteti
Massachusetts texnologiya instituti
Matematika fanlari tadqiqot instituti
Perspektiv tadqiqotlar instituti
Princeton universiteti
California universiteti, Berkeley
Taʼlimi Harvard universiteti
Williams kolleji
Akademik rahbarlari Dennis Sullivan
Mashhur shogirdlari Jeffrey Brock
Laura DeMarco
Jeremy Kahn
Maryam Mirzaxoniy
Mashhur ishlari Golomorf dinamika, Lobachevskiy geometriyasi, Teichmüller teoriyasi
Mukofotlari Sloan stipendiyasi (1988)
Salem mukofoti (1991)
Fields medali (1998)
Guggenheim stipendiyasi (2004)
Humboldt mukofoti (2011)

McMullen 1980-yil Williams kollejini eng yuqori oʻrtacha ball bilan tamomlagan. 1985-yil Dennis Sullivan Harvard universitetidan PhD darajasini olgan. Soʻngra Massachusetts texnologiya instituti, Matematika fanlari tadqiqot instituti, Perspektiv tadqiqotlar instituti, Princeton universiteti hamda Berkleydagi California universitetida ishlagan. 1997-yilda beri Harvard universitetida ishlaydi.

McMullen bir necha nufuzli mukofotni olgan. 2007-yil AQSH Milliy fanlar akademiyasi aʼzosi etib saylangan. 2012-yildan beri Amerika matematika jamiyati aʼzosi.