Kyusyu, K i u – S i u (yaponcha – toʻqqiz viloyat) – Yaponiyaning jan. qismidagi orol. Tinch okean, Ichki Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydoni yondosh mayda orollar bilan birga 42,1 ming km². Qirgʻoq chi-zigʻi notekis, qoʻltiq koʻp. Relyefi, asosan togʻli, shim. va gʻarbi sertepa va allyuvial pasttekislik. K.ning eng baland joyi – Kudzyu vulkani (1788 m). Soʻnmagan vulkanlar bor, issiq bulok koʻp. Teztez zilzila boʻlib turadi. Iqlimi subtropik, mussonli iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi togʻlarda 0°, tekisliklarda 10°, iyulniki 15—28°. Yillik yogʻin 1600–3000 mm. K.ning iqlimiga uning qirgʻoqlari yaqinidan oʻtadigan Kurosio va Susima iliq oqimlarining taʼsiri katta. Tez-tez tayfun boʻlib turadi. Yirik daryolari: Tikuga, Oyodo va Gokase; gidroenergiya resurslariga boy. Tuprogʻi qizil va sariq tuproq. 850 m balandlikkacha subtropik doim yashil oʻrmonlar, undan yuqorisi igva bargli oʻrmonlar, togʻ tepalari – butazor, oʻtloq va yalangliklar bilan band. K. – Yaponiyada oʻsimlik dunyosiga eng boy orol. K.ning shim. Yaponiyaning asosiy koʻmir-metallurgiya bazasi; markazi va jan. esa muhim qishloq xoʻjaligi rayonidir. Orolda aholi zich yashaydi. Yirik shaharlari: Kumamoto, Vagasaki, Kitakyusyu.[2]

Kyusyu
Geografiya
Maydoni 36 782,11[1] km2
Dengiz sathidan balandligi m.
Eng baland nuqtasi Kuju Mountains
Ma'muriyat
Davlat Yaponiya
Mintaqa Yaponiya
Demografiya
Aholisi 13 061 879
Qo'shimcha ma'lumot

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)Geospatial Information Authority of Japan. — С. 83.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil