Läuferbrunnen
Läuferbrunnen (Yuguruvchi haykali tasvirlangan favvora) — Shveytsariyaning Bern shahrining eski shahar hududi Läuferplatzdagi favvora. Bu favvora Shveytsariyaning milliy ahamiyatga ega boʻlgan madaniy obyektlaridan biri hisoblanadi[1], shuningdek, Bernning eski shahri maydoni YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.
Tarix
tahrirLäuferbrunnen favvorasi Nydeggstaldendagi Nydegg cherkovi yaqinida joylashgan. Favvora 1824-yilda bunyod etilgan, ammo ayrim manbalarda favvoraning 1545-yilda ham mavjud boʻlgani[2] haqida manbalar mavjud, shuningdek ushbu yozuvlar haykalning asos qismiga ham oʻyib yozilgan. Haykal yaratilganidan beri bir necha marta turli joylarga koʻchirib oʻtkazilganligi va taxminan 1663-yilgacha Brunnen beim unteren Tor (pastki darvoza yonidagi kichik favvora) nomi bilan mashhur boʻlganligi haqida ham maʼlumotlar mavjud. Dastlab Läuferbrunnen sakkiz burchakli kichik hovuzga va baland hamda aylanasimon asosga ega edi. Läuferbrunnen favvorasining 1757-yilgacha saqlangan kichik hovuzi[3] oʻrniga 1824-yilda toʻrtburchak katta hovuz barpo etilgan. Aylanasimon asos esa XVIII-XIX asrlarda hozirgi kvadrat ohaktosh asos bilan almashtirilgan.
Haykalda qizil va toʻq koʻk tusli kiyim kiygan yuguruvchining tasviri tasvirlangan. U oʻng qoʻlida nayzasimon qurol ushlab olgan, chap qoʻli esa belidagi xanjarini tutib turibdi. Haykaldagi yuguruvchining kiyimlari oʻsha davrdagi shveysariyaliklar kiyinish uslubini ifodalaydi. Yuguruvchi yonida uning yordamchisi boʻlgan jonivor ikki oyoqda turgan holda, huddi yuguruvchi singari qizil va koʻk libosda tasvirlagan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Kantonsliste A-Objekte:Bern“ (German). KGS Inventar. Federal Office of Civil Protection (2009). 2011-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-iyul.
- ↑ Flüeler. Kulturführer Schweiz. Zurich, CH: Ex Libris Verlag AG, 1982 — 72–73-bet.
- ↑ Hofer, Paul. Die Kunstdenkmäler des Kantons Bern, Band 1: Die Stadt Bern. Basel: Gesellschaft für Schweizerische Kunstgeschichte, 1952 — 332-bet. (Wayback Machine saytida 2011-09-30 sanasida arxivlangan)