L’Équipe
Ekip (fransuzcha: L'Équipe) - Fransiyaning milliy kunlik sport gazetasi. Gazetaning nomi oʻzbek tiliga „Jamoa“ deb tarjima qilinadi. Nashriy siyosati birinchi oʻrinda futbol, regbi, motosport va velosportlarni yoritishga qaratilgan. Gazetaning birinchi soni 1946-yilda chiqarilgan boʻlib, yangi nashriyotning tarkibi asosan fransuzcha: L'Auto gazetasidagi jurnalistlardan tarkib topdi. Shuni aytiz joizki, L’Auto gazetasi 1903-yilda oʻtkazilgan Tur de Frans velosiped poygasi tashkilotchisi hisoblangan. 1919-yilda tashkil qilingan poyga lideridagi sariq maykaning rangi esa L’Auto gazetasining rangiga qiyosan qilib ishlangan.
TirajiTahrirlash
Yil | 1999 | 2000 | 2001 | 2002 | 2003 | 2004 | 2005 | 2006 | 2007 | 2008 | 2009 |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
L'Équipe o'rtacha tiraji | 386 189 | 386 601 | 455 598 | 321 153 | 339 627 | 369 428 | 365 654 | 365 411 | 327 168 | 298 949 | 303 106 |
Ikkita eng ko'p sotilgan gazeta tiraji 1998-yilning 13-iyulida Fransiya terma jamoasi futbol bo'yicha Jahon chempionatini yutganidan so'ng, 1 645 907 nusxada sotilgan va 2000-yil 3-iyulda Fransiya terma jamoasi Yevropa chempionati g'olibi bo'lganidan so'ng, 1 255 633 nusxada sotilgan.