Laʼlmuhammad Ojiz — XVIII asrning ikkinchi yarmi- XIX asr boshlari dariyzabon adabiyotining koʻzga koʻringan namoyandalaridan hisoblanadi.

Hayoti

tahrir

Laʼlmuhammad Ojizning tugʻilgan va vafot etgan yillari aniq maʼlum emas. Shunisi maʼlumki, uning otasi Pirmuhammad Kashmiriy Kobul shahrining Borona mahallasida yashab 1812- yilda vafot etgan. Laʼlmuhammad Ojizning otasi va onasi vafotiga (ular uch oy ichida ketma-ket vafot etganlar) bagʻishlab yozgan xronogrammasi saqlanib qolgan.

„Yoshligim kunlari oʻtgani gʻamidan qaddim bukildi, Bu arzonbaho yuk menga shunchalik ogʻirlik qildi“.

Shoir bu oʻrinda shitob bilan oʻtib ketgan yoshlik yillaridan afsuslanib ularning bahosini qadrlamaganidan noliydi, oʻtgan yillar yuki qaddini bukkanini bayon etadi. Bu maʼlumotlar Ojizning 1740-yillar atrofida tugʻilib, 1812-yildan keyin vafot etganini bildiradi. Professor Jovid uni 1821-yilda vafot etgan, deb koʻrsatgan.

Ojizning otasi Pirmuhammad Kashmiriy oʻz davrining taniqli tabiblaridan boʻlgan. Laʼlmuhammad ham yoshligidan ota kasbini egallab, tabobat sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishadi, koʻp sonli mushtariylarga ega boʻladi. Uning tabobat sohasidagi shuhrati Temurshoh qulogʻiga ham yetib boradi va 1777-yilda podshoh rasmiy ravishda uni oʻz oilasi tabibi etib tayinlaydi.

Ojizning adabiy merosi 432 betda 6300 baytdan iborat devon shaklida bizgacha yetib kelgan. Devon mumtoz forsiyzabon adabiyotning gʻazal, ruboiy, tarkibband, muxammas, qasida, qitʼa, soqiynoma janrlarida yozilgan asarlarni qamrab olgan. Xolmuhammad Xastaning guvohlik berishicha, Ojizning devonga kirmagan sheʼriy va nasriy asarlari ham mavjud. Lekin afsuski, hanuzgacha shoirning na devoni, na boshqa asarlari nashr etilmagan, adabiyotshunos mutaxassislar tomonidan oʻrganilmagan.

Ojiz sheʼriyati mavzu va mazmun nuqtai nazaridan anʼanaviylikka moyil, unda koʻproq turlicha talqin etiladigan ishq mavzusi, falsafiy mulohazalar muqaddam oʻrin egallaydi. Jumladan, shoir taqdiri azal har kimning hayotida oʻz hukmini yurgizishini ifodalab yozadi.

Ojiz sheʼriyatida ham Mir Hoʻtak Afgʻon poeziyasidagi kabi hind uslubiga xos leksika (mavj, vahshat, junun va boshqalar), jimjimador iboralar, murakkab istioralar koʻp ishlatiladi[1].Oqila Abdulboqiyeva (munozara) 17:40, 9-Dekabr 2022 (UTC)

Rahmon Inomxoʻjayev. Dariyzabon adabiyoti(XVIII-XIX-asrlardagi). 2016

  1. Rahmon Inomxo'jayev. Dariyzabon adabiyoti (O'zbek), Toshkent, 2016.