La-plataArgentinadagi shahar, mamlakatning sharqiy qismida. La-Plata qoʻltigʻining jan. sohilidagi port. Buenos-Ayres provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 553 ming kishi (2001). Savdo va sanoat markazi. Temir yoʻl tuguni. Yetakchi sanoat tarmogʻi — neftni qayta ishlash va neft kimyosi. Oziq-ovqat, metallsozlik, toʻqimachilik, sement sanoati korxonalari mavjud. Universitet, rasadxona, muzeylar bor. Shaharga 1882-yilda asos solingan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil