Yoʻl (La strada) — 1954-yilda Federico Fellini tomonidan suratga olingan italyan dramatik filmi. Film Gelsomina — sodda va yosh ayol (Giulietta Masina) haqida hikoya qiladi. Film Gelsominani onasidan Zampanò (Anthony Quinn) tomonidan sotib olinishi va oʻzi bilan birga olib ketishidan boshlanadi.

Yoʻl (La strada)
Rejissyor(lar) Federico Fellini
Prodyuser(lar) Dino De Laurentiis
Carlo Ponti
Ssenariynavis(lar) Federico Fellini
Tullio Pinelli
Ennio Flaiano
Rollarda Giulietta Masina
Anthony Quinn
Richard Basehart
Bastakor(lar) Nino Rota
Kinematografiya Otello Martelli
Carlo Carlini
Muharrir(lar) Leo Catozzo
Studiya(lar) Ponti-De Laurentiis Cinematografica
Distribyutor Paramount Pictures
Chiqarilgan sanasi 1954-yil 6-sentabr 15-Venetsiya kinofistevali
Davomiyligi 108 daqiqa
Mamlakat Italiya bayrogʻi Italiya
Til italyancha

Fellini „La Strada“ni „mening butun mifologik dunyomning toʻliq katalogi, shaxsimning xavfli timsoli“ deb taʼriflagan[1]. Natijada, film uning boshqa asarlariga qaraganda koʻproq vaqt va kuch talab qildi[2]. Suratga olish jarayoni uzoq va va mashaqqatli kechdi. Ishlab chiqarish jarayonida muammolar bor edi. Moliyaviy yordam, muammoli kasting va koʻplab kechiktishlar shular jumlasidan. Suratga olish jarayoni tugashi arafasida Fellini asabiy tushkunlikka uchradi. Dastlabki tanqidiy munosabat keskin boʻldi. Filmning Venetsiya kinofestivalidagi namoyishi Fellini tarafdorlari va qoralovchilar oʻrtasida ommaviy mushtlashuvga aylanib ketgan bahsga sabab boʻldi.

Keyinchalik Amerika kino instituti maʼlumotlariga koʻra, "Yoʻl" „eng taʼsirli filmlardan biriga aylandi“[3]. U 1957-yilda eng yaxshi xorijiy film uchun Oscar mukofotini qoʻlga kiritdi[4]. U 1992-yilda Britaniya Film Instituti rejissyorlari tomonidan kinematografiyaning eng yaxshi 10 ta filmi roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Syujeti

tahrir

Sodda, xayolparast qiz Gelsominaning opasi Roza Zampanò bilan yoʻlga chiqqanidan keyin vafot etgan. Erkak bir yildan soʻng ularning onasidan Rozaning oʻrnini Gelsomina egallashini soʻrab qaytib keladi. Kambagʻal ona boshqa bolalarini boqish va tomni yopish uchun 10 000 lira oladi va qizini Zampanò bilan birga joʻnatadi.

Zampanò — koʻcha artisti. U koʻkragiga oʻralgan zanjirni uzib tomosha koʻrsatadi. U Gelsominaga nogʻora va karnay chalishni, raqsga tushishni, masxarabozlik qilishni oʻrgatadi. Zampanò Gelsominaga nisbatan yaxshi munosabatda boʻlmaydi.

Bir kun qiz isyon koʻtaradi va shaharga yoʻl oladi. U yerda u boshqa koʻcha artistlari, dorbozlik qiluvchi masxaraboz Mattoning harakatini tomosha qiladi. Zampanò uni oʻsha yerda topgach, uni qaytarib olib ketadi. Keyinchalik ular Matto ishlaydigan sirkka qoʻshilishadi. Matto Zampanòni masxara qiladi. Lekin uni bunga nima undayotganini tushuntirib berolmaydi. Ertasi kuni Matto Zampanòning ustidan bir chelak suv sepib yuborgandan soʻng, Zampanò pichoq bilan uni quvib ketadi. Natijada, u qisqa muddatga qamoqqa olinadi va ikkala erkak ham sayyor sirkdan haydaladi.

 
1956-yildagi "Yoʻl" treyleridan skrinshot
 
Giulietta Masina Gelsomina rolida.
Masinaning xarakteri, uning yumaloq yuzi va katta, begʻubor koʻzlari masxaraboz roliga juda mos keladi, — Rojer Ebert, Chikago, Sun-Times [5]

Zampano qamoqdan chiqishidan oldin Matto Gelsomina bilan gaplashib, u qul emasligini, har bir inson va narsaning maqsadi borligini aytadi. Zampanò qamoqdan chiqqach, ular yana yoʻlga tushadi. Yoʻlda bir cherkovda tunab qoladi. Cherkov rohibalaridan biri Gelsominaga qolishni taklif qiladi. Ammo Gelsomina Zampanò bilan birga ketadi.

Boʻsh yoʻlda Zampanò mashinasining gʻildiragini tuzatayotgan Mattoga duch keladi. Gelsomina ularni tomosha qilar ekan, ular jang qila boshlaydi. Zampanò Mattoning boshiga bir necha marta musht tushirgandan soʻng jang tugaydi. Mushtlashuv payti Mattoning boshi mashinaning tomi burchagiga urilib jarohatlanadi. Zampanò mototsikliga qaytib ketayotganda Matto soati singanidan shikoyat qiladi. Keyin toshga qoqilib, qulab tushadi va oʻladi. Zampanò jasadni yashiradi va mashinani koʻprikdan itarib yuboradi va mashina yonib ketadi.

Bu voqea Gelsominaga qattiq taʼsir qiladi va doimo „Matto yaralangan“ deb takrorlaydi. Zampanò uni yupatishga harakat qiladi. Lekin foyda bermaydi. U endi Gelsomina bilan tirikchilik qila olmasligidan qoʻrqib, uxlayotganida kiyim-kechak, pul va karnayi bilan uni tashlab ketadi.

Bir necha yil oʻtgach, u bir ayolning Gelsomina chaladigan kuyni kuylayotganini eshitadi. Zampanò ayoldan Gelsominaning oʻlganini eshitadi. Kechki payt Zampanò mast boʻlib, odamlar bilan janjallashib qoladi. Qirgʻoqqa boradi va u yerda yigʻlab yuboradi.

Rollar

tahrir

Mukofotlar va nominatsiyalar

tahrir

„La Strada“ 50 dan ortiq xalqaro mukofotlarni, shu jumladan 1957-yilda „Eng yaxshi chet tilidagi film“ nominatsiyasida Oscarni qoʻlga kiritdi[6].

Mukofot/festival Turkum Qabul qiluvchilar Natija
Oscar mukofotlari[7] Chet tilidagi eng yaxshi film Dino De Laurentis, Karlo Ponti Gʻolib
Eng yaxshi hikoya, eng yaxshi original ssenariy Federico Fellini, Tullio Pinelli, Ennio Flaiano Nomzod
Bodil mukofotlari  Eng yaxshi Yevropa filmi Federico Fellini Gʻolib
Moviy lenta mukofotlari Chet tilidagi eng yaxshi film Federico Fellini Gʻolib
Britaniya kino va televidenie sanʼati akademiyasi Eng yaxshi film Federico Fellini Nomzod
Eng yaxshi xorij aktrisasi Giulietta Masina Nomzod
Nastro d’Argento Kumush lenta; Eng yaxshi rejissyor Federico Fellini Gʻolib
Kumush lenta; Eng yaxshi prodyuser Dino De Laurentis, Karlo Ponti Gʻolib
Kumush lenta; Eng yaxshi hikoya/ssenariy Dino De Laurentis, Tullio Pinelli Gʻolib
Kinema Junpo mukofotlari, Yaponiya Chet tilidagi eng yaxshi film Federico Fellini Gʻolib
Nyu-York kino tanqidchilari doirasi mukofotlari Chet tilidagi eng yaxshi film Federico Fellini Gʻolib
Venetsiya kinofestivali[8] Kumush sher Federico Fellini Gʻolin
Oltin sher Federico Fellini Nomzod

Manbalar

tahrir
  1. Kezich (2009), 56.
  2. Baxter, 105.
  3. „AFIPreview21.indd“. Qaraldi: 28-sentabr 2018-yil.
  4. Kezich (2006), 406.
  5. Ebert. „La Strada“. Ebert Digital LLC. Qaraldi: 2013-yil 6-oktyabr.
  6. Kezich (2006), 156
  7. „The 29th Academy Awards (1957) Nominees and Winners“. oscars.org. Qaraldi: 24-oktabr 2011-yil.
  8. Weiler, A.H.. „La Strada Review“. NY Times (17-iyul 1956-yil). Qaraldi: 25-oktabr 2011-yil.