Laboratoriya mashgʻulotlari — oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va umumiy taʼlim maktablarida oʻquvchi (talaba)lar mustaqil suratda bajaradigan amaliy ish turlaridan biri. Nazariy bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash, mustaqil tajribalar bajarish malakasini rivojlantirish maqsadida oʻtkaziladi. Tajriba uchun kerakli buyumlar, jihozlar, reaktivlar va boshqalarni tayyorlash, tajribaning chizma-rejasini tuzish, uni lab. sharoitida amalga oshirish va tavsiflash jarayonini oʻz ichiga oladi. Tabiiy-ilmiy va texnika fanlaridan dars berishda keng qoʻllanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil