Labradorit — gabbrolar guruhiga mansub magmatik togʻ jinsi. Tarkibini, asosan, Labrador, bir oz piroksen va minerallar tashkil etadi. Toʻq kulrang yoki qora boʻladi. L. silliqpanganda yaltirab, koʻk-yashil tusda tovlanadi. Binolar, monumentlar devorini bezashda ishlatiladi. L. konlari Rossiya (Ural), Ukraina, Kanada, AQShda uchraydi. Oʻzbekistonda Quljuktovda borligi maʼlum. Toshkentdagi bir necha haykalning asosi va koʻplab maʼmuriy binolar L. bilan bezatilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil