Lactuca virosa
Yovvoyi marul (Lactuca virosa) - Lactuca turkumiga mansub oʻsimlik. Koʻpincha yengil ogʻriq qoldiruvchi va tinchlantirish uchun isteʼmol qilinadi.koʻpincha yovvoyi salat, achchiq salat, afyun, zaharli salat, baland boʻyli salatdeb ataladi.
Morfologiyasi
tahrirYovvoyi marul bir va ikki yillik oʻt oʻsimlik. Hayotiy shakli oʻtpoya. Boʻyi balandroq 200 sm ga yetadi. Mustahkam poya va ildizga ega. Poyasining pastki qismi binafsha rangda va mayda qattiq sochlarga ega boʻlishi bilan boshqa oʻsimliklardan farq qiladi. Barglari-och pushti rangda, boʻlingan, yoyiq shaklda.Poyasining pastki qismidagi barglari kattaroq va yer bilan bir tekisda joylashgan. Gullari 5-10 tadan 20 tagacha boʻladi. Urugʻi och qora rangda ular oq tukchalar tufayli uchib ketishga qodir boʻlgan kichik urugʻlardir. Shimoliy mintaqalarda iyul oyidan boshlab sentyabr oyiga qadar gullaydi.
Tarqalishi va ekologiyasi
tahrirBu tur dunyo boʻylab koʻp tarqalgan boʻlib. Asosan Oʻrta va Janubiy yevropa mintaqalarida uchraydi.Inson omillarisiz ham tarqala oladi.Bu tur yovvoyi tabiat bor joylardaham uchrashi mumkin.
Tarixi
tahrirBu oʻsimlik Yevropa,Shimoliy Afrika va Turkiyada paydo boʻlgan. Ilgari tibbiy maqsadlarda va laktukarium ishlab chiqarish uchun yetishtirila boshlangandan soʻng bu oʻsimlik butun yevropaga tarqaydi. Bu tur shifokorlar tomonidan XIX-da afyungaqarshi ishlatilgan. 1911-yilda Buyuk Britaniyada keng qamrovli tadqiqot ishlari olib borilgan. Bu oʻsimlik tarkibidan ikkita foydali kimyoviy modda aniqlanadi.Laktukopikrin va laktusin. Xalq tabobatida qoʻllanadi.
Farmakologiya
tahrirYovvoyi marul poyasidan sekretsiya ekstraktidan lateks, shuningdek tinchlantiruvchi xususiyatlarga ega moylar va ekstraktlarni olish mumkin. Yovvoyi maruldan shuningdek koʻplab boshqa kimyoviy birikmalar ajratib olish mumkin. Uning tanasidan avval vaqtlarda yoʻtalni tinchlantirish va uxlashni taʼminlash uchun giyohvand modda sifatida foydalanib kelingan.
Dori tayyorlash
tahrirYovvoyi marul eng ko'p Qo'shma Shtatlarda parhez qo'shimchasi sifatida foydalaniladi. Yovvoyi marulni to'g'ri ishlatish bo'yicha ko'rsatmalar mavjud emas, ammo ishlab chiqaruvchilar odatda kuniga 400(mg) dan 500(mg) gacha tavsiya qilishadi. Suyuq ekstraktlari ham mavjud, ularning dozalari eritmaning konsentratsiyasiga qarab o'zgartiriladi.
Yovvoyi marulning konsentrlangan ekstraktidir. Ushbu konsentrat laktukarium deb nomlanadi va quruq lateks hisoblanadi shuningdek, marul afyuni sifatida ham tanilgan[1].
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Yovvoyi marul begona o'tlar“ (o'zbek tili). uz.domestecfutures. Qaraldi: 7-aprel 2023-yil.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |