Lahoh
Lahoh (baʼzan Lahuh, Somal. laxoox) — bu biskvitga oʻxshash non boʻlib, Somali oshxonasining taomi. Jibuti, Somali va Yamanda keng tarqalgan[1]. U Isroilda ham mashhur. U yerga koʻchib borgan yamanlik yahudiylar tomonidan tarqalgan[2]. Yamanda koʻpincha koʻcha sotuvchilari tomonidan sotiladi.
Lahoh un, qabartma kukuni, iliq suv, xamirturush va bir chimdim tuz qoʻshib qorilgan xamirdan tayyorlanadi. Xamir yumshoq va qaymoqqa oʻxshash holga kelgunicha qoʻlda qoriladi, shundan soʻng uning oshishi uchun iliq haroratli joyda qoldiriladi[3]. Lahoh uchun un Makkajoʻhoridan tayyorlanadi. Taomning shirin turlari keng tarqalgan, shuningdek, tuhum bilan pishiriladigan boshqa variantlari ham bor[4].
Lahoh odatga koʻra daawo deb nomlangan dumaloq metall pechda pishiriladi. Agar u yoʻq boʻlsa, oddiy tovada ham tayyorlanishi mumkin.
Oddiy Somali nonushtasi asal va sariyogʻ bilan isteʼmol qilinadigan uch boʻlak lahoh va bir finjon choydan iborat boʻladi. Tushlik paytida lahoh baʼzan kori kukuni, shoʻrva yoki dimlangan goʻsht bilan isteʼmol qilinadi.
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |