Lal Bangla
Lal Bangla – Hindistonning Dehli shahrida joylashgan, soʻnggi Boburiylar maqbarasi. U Hindiston Arxeologik tadqiqotlar instituti tomonidan himoyalangan yodgorlikdir[1].
Tavsifi
tahrirLal Banglada qizil va sariq qumtoshdan yasalgan ikkita qabr bor. Ulardan biri Boburiylar imperatori Jahondarshohning (1661 – 1713) rafiqasi Lal Kunvar (Imtiazi Mahal) va uning qizi Jann begimga tegishli.
Qoʻshni xonada imperator Akbar II (1806-1837) oilasiga tegishli uchta qabr bor. Binolar Dehli golf klubi hududida joylashgan va keng jamoatchilik tashrifi yoʻlga qoʻyilmagan[2].
Shuningdek, majmua ichida hijriy 1036-yilda (taxminan milodiy 1626-yilda) qurilgan Sayid Obid maqbarasi ham joylashgan.
Tarixi
tahrirLal Bangla – Boburiylar davrining eng diqqatga sazovor va qiziqarli tarixiy yodgorliklaridan biri. Lal Bangla tuzilishi va unda dafn etilgan insonni aniqlash bilan bogʻliq bahsli muhokamalar mavjud. Koʻp sonli tarixiy tadqiqotlar maqbara Shoh Alam ismli Boburiy imperatorining qizi va onasiga tegishli ekanligini koʻrsatadi. Shoh Alam qizining ismi Jaan begim, onasining ismi esa Zinat Mahal Sahiba yoki Lal Kunvar ekanligi qayd etilgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ List of Monuments of National Importance as published by the Archaeological Survey of India.
- ↑ City. „The Ancient Lal Bangla Lies Neglected Within The Glossy & Posh Delhi Golf Club“ (en). So City (2021-yil 16-iyun). Qaraldi: 2021-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Lal Bangla New Delhi India History & Architecture“. www.astrolika.com. Qaraldi: 2021-yil 27-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
Havolalar
tahrir- Vikiomborda Lal Bangla mavzusiga oid fayllar bor