Boburiy imperatorlar

Hukmronlik qilgan podshohlar

Boburiy imperatorlar (urdu: مغل شہنشاہ , forscha: شاهنشاهان هندوستان) Hindiston yarimorolidagi Boburiylar imperiyasining oliy davlat boshliqlari boʻlgan. Imperiya asosan hozirgi Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston va Bangladesh mamlakatlari hududlariga toʻgʻri keladi. Boburiy hukmdorlari oʻzlarini badshoh (buyuk podshoh) yoki shahanshoh deb atashgan[1]. 1526-yildan boshlab Hindistonning ayrim qismlarini, 1707-yilga kelib subkontinentning aksariyat qismini boshqara boshladilar. Keyinchalik hududlar qisqara bordi, lekin sulola 1857-yilgi Hindiston qoʻzgʻolonigacha nominal ravishda hududlarni boshqargan.

Boburiylar davlati
1526 — 1858


Gerb

Boburiylar davlati xaritasi
Poytaxti Agra (1526–1530; 1560–1571; 1598–1648)

Dehli (1530–1540; 1554–1556; 1639–1857)

Lohur (1586–1598)

Fathpur Sikri (1571–1585)

Til(lar)i fors
chigʻatoy tili
urdu
Pul birligi rupiya
Maydoni 1.000.000 kv km2
Aholisi 150.000.000 kishi
Boshqaruv shakli mutlaq monarxiya
Sulola Boburiylar
badshoh
 - 1526-1530 Zahiriddin Muhammad Bobur
 - 1837-1858 Bahodir Shoh II

Boburiylar kelib chiqishi Oʻrta Osiyodan boʻlgan turk-moʻgʻul Temuriylar sulolasining bir shajarasi boʻlgan. Ularning asoschisi, Fargʻona vodiysidan (hozirgi Oʻzbekiston) boʻlgan temuriy shahzoda Bobur Temurning toʻgʻridan-toʻgʻri avlodi boʻlgan (odatda gʻarb xalqlarida Temurlan deyiladi). Temur esa chingiziy malikaga uylanishi orqali Chingizxonga aloqador boʻlgan.

Keyinchalik Boburiy imperatorlarining koʻpchiligi nikoh orqali hind rajputi va forslar bilan rishtalarini bogʻlagan, chunki hukmdorlar rajput va fors malikalaridan tugʻilishi zarur boʻlgan[2]. Masalan, Akbar yarim fors (onasi asli fors), Jahongir yarim rajput va chorak fors, Shoh Jahon esa toʻrtdan uchi rajput boʻlgan[3].

Avrangzeb hukmronligi davrida (taxm. 1658—1707-yillar), imperiya jahon yalpi ichki mahsulotining 25% dan ortigʻiga teng boʻlgan dunyodagi eng yirik iqtisodiyot va ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan. Sharqda Chittagongdan gʻarbda Kobul va Balujistongacha boʻlgan Hindiston yarimorolining deyarli barcha qismini va shimolda Kashmir, janubda Kaveri daryosi havzasigacha boʻlgan hududni boshqargan[4].

Boburiylar sulolasining nasabnomasi. Grafikda har bir imperatorning faqat asosiy avlodlari keltirilgan.

Oʻsha paytda imperiyaning aholisi 110 dan 150 million kishigacha yetgan boʻlsa (dunyo aholisining chorak qismi), hududi esa 4 million kvadrat kilometrdan (1,5 million kvadrat milya) ortiq edi[5]. XVIII asrda Boburiylarning qudrati susayadi va oxirgi imperator Bahodurshoh II 1857-yilda Britaniya Rajining oʻrnatilishi bilan taxtdan agʻdariladi[6].

Boburiylar imperiyasi

tahrir
 
Boburdan Avrangzebgacha boʻlgan boburiy hukmdorlarining guruh portreti, oʻrtada Boburiylar ajdodi Temur oʻtirgan holda. Chapda: Shoh Jahon, Akbar va Bobur, samarqandlik Abu Said va Temurning oʻgʻli Mironshoh. Oʻng tomonda: Avrangzeb, Jahongir va Humoyun va Temurning yana ikkita avlodi Umar Shayx va Muhammad Sulton. Taxminan 1707—1712-yillarda yaratilgan.

Boburiylar imperiyasiga Oʻrta Osiyolik temuriy shahzoda va hukmdor Bobur asos solgan. Bobur otasi tomondan temuriylar imperatori Temurlanning, onasi tomondan moʻgʻul hukmdori Chingizxonning bevosita avlodi boʻlgan[7]. Shayboniyxon tomonidan Turkistondagi ajdodlari mulkidan siqib chiqarilgan 40 yoshli shahzoda Bobur oʻz maqsadlariga erishish uchun Hindistonga yuzlanadi. Kobulda oʻz hokimyatini oʻrnatadi va keyin Afgʻonistondan Xaybar dovoni orqali janubga yaʼni Hindistonga qarab yoʻl oladi[7]. Bobur qoʻshinlari 1526-yilda Panipatdagi gʻalabadan soʻng Shimoliy Hindistonning katta qismini bosib olgan[7]. Urushlar va harbiy yurishlar bilan mashgʻul boʻlish yangi imperatorga Hindistonda erishgan yutuqlarini mustahkamlashga imkon bermaydi[8]. Imperiyaning beqarorligi isyonchilar tomonidan Forsga surgun qilingan oʻgʻli Humoyun davrida yaqqol namoyon boʻlgan[7]. Humoyunning Forsga surgun qilinishi Safaviylar va Boburiylar mahkamalari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilishiga olib kelgan. Boburiylar saroyida Gʻarbiy Osiyo madaniy taʼsirining kuchayishiga olib keladi. Humoyun 1555-yilda Forsdan gʻalaba bilan qaytganidan keyin Boburiylar hukmronligini tiklash boshlanadi, biroq u koʻp oʻtmay baxtsiz hodisadan vafot etadi[7]. Humoyunning oʻgʻli Akbar Hindistonda Boburiylar imperiyasini mustahkamlashga yordam bergan otaliq Bayramxon yordamida taxtga oʻtirgan[9].

Akbar urush va diplomatiya orqali imperiyani har tomonlama kengaytira oladi va Godavari daryosining shimolidagi deyarli butun Hindiston yarimorolini nazorat qila boshlaydi[10]. Oʻziga sodiq yangi hukmron elitani yaratadi, zamonaviy boshqaruvni amalga oshirib, madaniy taraqqiyotni ragʻbatlantiradi. Hukmdor Yevropa savdo kompaniyalari bilan savdo-sotiqni kuchaytirgan[7]. Hind tarixchisi Ibrohim Erali yozganidek, chet elliklar koʻpincha Boburiylar saroyining ajoyib boyligidan hayratda qolishgan, ammo yaltiroq saroy qorongʻu haqiqatlarni yashirgan, yaʼni imperiya yalpi milliy mahsulotining chorak qismi 655 oilaga tegishli boʻlsa, Hindistonning 120 million oilalasining asosiy qismi dahshatli darajadagi qashshoqlikda yashagan[11]. 1578-yilda yoʻlbarslarni ovlash paytida tutqanoq tutganidan soʻng buni diniy tajriba deb bilgan Akbar islomdan koʻngli toʻlmay, hinduizm hamda islomning sinkret aralashmasini qabul qiladi[12]. Imperator oʻz saroyida din erkinligiga ruxsat beradi va hukmdorlik madaniyatining kuchli xususiyatlariga ega boʻlgan yangi din – Dini Ilohiyni oʻrnatish orqali oʻz imperiyasidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy tafovutlarni bartaraf etishga harakat qiladi[7]. Oʻgʻliga oltin davrda boʻlgan, ichki muhiti barqaror davlatni qoldirgan[7].

Akbarning oʻgʻli Jahongir afyunga ruju qoʻygan, davlat ishlariga eʼtibor bermay, raqib saroy guruhlari taʼsiriga tushib qolgan edi[7]. Jahongirning oʻgʻli Shoh Jahon davrida Boburiylar saroyi mavqei eng yuqori choʻqqiga chiqqan, bunga Toj Mahal misol boʻla oladi. Biroq saroyni saqlash xarajatlari keladigan daromaddan oshib keta boshlagan[7].

 
Shoh Jahon hamrohligida uchta oʻgʻli: Dara Shikoh, Shoh Shuja, Avrangzeb va ularning bobosi Asaf Xon IV

Shoh Jahonning toʻngʻich oʻgʻli, liberal Dara Shikoh 1658-yilda otasining kasalligi natijasida valiahdga aylanadi. Dara sinkretistik hindu-musulmon dini va madaniyatini himoya qilgan. Biroq, musulmonlar yordami bilan Shoh Jahonning kenja oʻgʻli Avrangzeb taxtni egallaydi. Avrangzeb 1659-yilda Darani magʻlub etib, uni qatl qildiradi[7]. Shoh Jahon kasallikdan toʻliq tuzalib ketgan boʻlsa-da, Dara va Avrangzeb oʻrtasida taxt uchun vorislik urushi boʻlayotgandi. Nihoyat, Avrangzeb taxtga oʻtirgach, Shoh Jahonni uy qamogʻiga tashlaydi.

Avrangzeb hukmronligi davrida imperiya siyosiy jihatdan kuchayadi va jahon yalpi ichki mahsulotining toʻrtdan bir qismidan koʻproq boʻlgan dunyodagi eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatga aylanadi. Lekin uning shariatni oʻrnatish haqidagi qarori katta tortishuvlarga sabab boʻlgan. Avrangzeb imperiyani Janubiy Osiyoning katta qismini qamrab olgan holda kengaytirgan. Imperiya qudratining choʻqqisida hozirgi Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston va Bangladeshning bir qismini hisobga olgan holda 3,2 million kvadrat kilometrga yetgan[13]. 1707-yilda vafotidan keyin „imperiyaning koʻp qismlari ochiq qoʻzgʻolon koʻtardi“[7]. Avrangzebning Oʻrta Osiyodagi oʻz oilasining ajdodlari yerlarini qayta egallashga urinishlari muvaffaqiyatli kechmagan. Dekan mintaqasini muvaffaqiyatli zabt etishida muhim Pirik gʻalabasi esa imperiyaga qimmatga tushgan[14]. Armiya doimo Shimoliy Hindistonda yer egalari boʻlmish aristokratiyaga asoslangan boʻlib, ular yurishlar uchun otliq qoʻshinlar bilan taʼminlagan. Bu esa Avrangzeb uchun bir muammo boʻlgan[14]. Dekanning uzoq va qimmatga tushadigan zabt etilishi Avrangzebni oʻrab olgan „muvaffaqiyat aurasini“ sezilarli darajada susaytiradi. XVII asrning oxiridan boshlab aristokratiya imperiya urushlari uchun kuch bilan taʼminlashni istamay qoladi. Shu sabab urushning muvaffaqiyati pasaya boradi[14].

Bundan tashqari, Dekanni zabt etish oxirida Avrangzeb Dekandagi musodara qilingan yerlarni baʼzi zodagon oilalar oʻrtasida chuqur tanlov orqali taqsimlaydi. Aristokratlar esa musodara qilingan yerlar bilan mukofotlanmaganidan qattiq norozi boʻlib, keyingi yurishlarda qatnashishni istamaganlar[14]. Avrangzebning oʻgʻli Shoh Alam otasining diniy siyosatini bekor qilgan va maʼmuriyatni isloh qilishga uringan. „Ammo, 1712-yilda uning vafotidan soʻng, Boburiylar sulolasi tartibsizlik va shiddatli janjallar botqogʻiga botadi. Birgina 1719-yilning oʻzida ketma-ket toʻrt imperator taxtga oʻtiradi“[7].

 
Akbarshoh II va uning toʻrt oʻgʻli

Muhammadshoh hukmronligi davrida imperiya parchalana boshladi va markaziy Hindistonning keng hududlari boburiylardan marathlarga oʻtadi. Boburiylar urushlarda doimo qamal uchun ogʻir artilleriyaga, hujumlar uchun ogʻir qurollangan otliqlarga va jang hamda bosqinlar uchun yengil qurollangan otliqlarga asoslangan[14]. Mintaqani nazorat qilish uchun boburiylar har doim har qanday mintaqada strategik qal’ani egallashga harakat qilishgan, bu esqa ularga uzel boʻlib xizmat qilgan[14]. Bu tizim nafaqat qimmatga tushgan, ammo armiyani biroz moslashuvchan qiladi, chunki dushman doim qamal qilish uchun qal’aga chekinishi yoki ochiq maydonda hal qiluvchi jangga kirishishi kerak boʻlgan[14]. Hindu marathlari mohir otliqlar boʻlib, ular oddiy janglarda qatnashishdan bosh tortganlar, aksincha, Boburiylar taʼminot liniyalari boʻylab partizanlar urushida qatnashganlar[14]. Marathalar boburiy qal’alarini boʻron yoki rasmiy qamal orqali egallab ololmaganlar, chunki ularda artilleriya boʻlmagan. Ammo taʼminot ustunlarini doimiy ravishda ushlab turish orqali ular Boburiylar qal’alarini boʻysundirishga muvaffaq boʻlishgan[14].

Boburiylarning qoʻmondonlari ketma-ket ravishda oʻzlarining taktikasini oʻzgartirishdan va qoʻzgʻolonga qarshi tegishli strategiyani ishlab chiqishdan bosh torta boshladilar, bu esa Boburiylarning Marathaga tobora koʻproq hududlarni berib qoʻyishiga olib kelgan[14]. Nodirshohning Hindistonga yurishi Dehlining egallanishi bilan yakunlangan. Boburiylarning bor kuchi va obroʻ-eʼtibori parchalab tashladi, shuningdek, u imperator xazinasini egallab, shu bilan imperiyaning tanazzuli keskin tezlashgan. Imperiya elitalarining koʻpchiligi oʻz hududlarini nazorat qilishga intilgan va mustaqil davlatlarni tashkil qilish uchun ajralib chiqqan. Biroq, Boburiy imperator suverenitetning eng yuqori timsoli vazifasini oʻtagan. Imperatorni Hindiston suvereniteti sifatida tan olish marosimlarida nafaqat musulmon janoblari, balki maratha, hindu va sikx yetakchilari ham qatnashganlar[15][16].

Keyingi oʻn yilliklarda afgʻonlar, sikxlar va marathlar bir-biri va boburiy bilan qarshi kurashib, imperiyaning ichki holatini ochib bergan. Boburiy imperator Shoh Alam II Boburiylarning tanazzulini oldini oliasuchun behuda urinishlar qiladi, ammo oxir-oqibat tashqi kuchlardan himoya izlashga majbur boʻlgan. 1784-yilda Mahadaji Shinde boshchiligidagi marathalar Dehlida imperatorning himoyachilari sifatida tan olingan, bu holat Ikkinchi Angliya-Maratha urushigacha davom etgan. Shundan soʻng Britaniyaning Sharqiy Hindiston kompaniyasi Dehlidagi Boburiylar sulolasining himoyachilariga aylangan[16]. 1835-yildan keyin kompaniya imperatorning hokimiyatini inkor eta boshladi, uni faqat „Dehli qiroli“ sifatida qabul qilindi va zarb etilgan tangalardan hukmdor haqidagi barcha maʼlumotlarni olib tashladi. 1857—1858-yillardagi qoʻzgʻolondan soʻng, soʻnggi boburiy Bahodurshoh Zafar inglizlar tomonidan taxtdan agʻdarildi. Soʻngra ular sobiq imperiyaning katta qismi ustidan rasmiy nazoratni oʻz zimmalariga olganlar[7]. Bu Britaniya Rajining debochasini belgilab bergan.

Unvonli imperatorlar

Imperiya davrida Boburiylar taxtiga bir necha daʼvogarlar boʻlgan, ular taxtga oʻtirgan yoki buni daʼvo qilgan, ammo hech qachon tan olinmagan[17].

Tarixchilar unvonga ega Boburiy imperatorlari deb quyidagi hukmdorlarni tan olishadi.

  1. Shahriyor Mirzo (1627—1628)
  2. Davar Baxsh (1627—1628)
  3. Jahongir II (1719—1720)

Boburiy imperatorlari roʻyxati

tahrir
Surati Unvon nomi Tugʻilgandagi ismi Tavalludi Hukmronligi Oʻlimi
1   Bobur Zahiriddin Muhammad

1483-yil 14-fevral Andijon 1526-yil 20-apreldan – 1530-yil 26-dekabrgacha 1530-yil 26-dekabr (47 yoshida) Agra, Hindiston
2   Humoyun

ہمایوں
Nosiriddin Muhammad

نصیر الدین محمد
1508-yil 6-mart

Kobul, Afgʻoniston

1530-yil 26-dekabrdan – 1540-yil 17-maygacha

1555-yil 22-fevraldan – 1556-yil 27-fevralgacha

(10 yil 3 oy 25 kun)

1556-yil 27-yanvar (47 yoshida) Dehli, Hindiston
3   Buyuk Akbar

اکبر
Jaloliddin Muhammad

جلال الدین محمد
1542-yil 15-oktyabr Umerkot, Pokiston 1556-yil 11-fevraldan – 1605-yil 27-oktyabrgacha

(49 yil 9 oy)

1605-yil 27-oktyabr (63 yoshida) Agra, Hindiston
4   Jahongir

جہانگیر
Nuriddin Muhammad

نور الدین محمد
1569-yil 31-avgust

Agra, Hindiston

1605-yil 3-noyabrdan- 1627-yil 28-oktyabrgacha

(21 yil 11 oy 23 kun)

1627-yil 28-oktyabr (58 yoshida) Jammu va Kashmir, Hindiston
5   Shoh Jahon

شاہ جہان
Shahobiddin Muhammad

شہاب الدین محمد
1592-yil 5-yanvar

Lahor, Pokiston

1628-yil 19-yanvardan – 1658-yil 31-iyulgacha

(30 yil 8 oy 25 kun)

1666-yil 22-yanvar (74 yoshida) Agra, Hindiston
6   Avrangzeb

اورنگزیب

Olamgir

عالمگیر

Muhiddin Muhammad

محی الدین محمد
1618-yil 3-noyabr

Gujarot, Hindiston

1658-yil 31-iyuldan – 1707-yil 3-martgacha

(48 yil 7 oy)

1707-yil 3-mart (88 yoshida) Ahmadnagar, Hindiston
7   Aʼzam Shoh

اعظم شاہ
Qutbiddin Muhammad

قطب الدين محمد
1653-yil 28-iyun Burhanpur, Hindiston 1707-yil 14-martdan – 1707-yil 20-iyungacha 1707-yil 20-iyun (53 yoshida) Agra, Hindiston
8   Bahadur Shoh

بہادر شاہ
Qutbiddin Muhammad

قطب الدین محمد
1643-yil 14-oktyabr Burhanpur, Hindiston 1707-yil 19-iyundan – 1712-yil 27-fevralgacha

(4 yil 253 kun)

1712-yil 27-fevral (68 yoshida) Lahor, Pokiston
9   Jahondor Shoh

جہاندار شاہ
Muiziddin Muhammad

معز الدین محمد
1661-yil 9-may Dekan, Hindiston 1712-yil 27-fevraldan – 1713-yil 11-fevralgacha

(350 kun)

1713-yil 12-fevral

(51 yoshida) Dehli, Hindiston

10  Farrux Siyyor

فرخ سیر
Muiniddin Muhammad

موئن الدین محمد

Aka-uka Sayyidlar qoʻlida qoʻgʻirchoq podshoh
1685-yil 20-avgust Avrangobod, Hindiston 1713-yil 11-yanvardan – 1719-yil 28-fevralgacha

(6 yil 48 kun)

1719-yil 19-aprel (33 yoshida) Dehli Hindiston
11

 

Rafi ul-Darajot

رفیع الدرجات
Shamsiddin Muhammad

شمس الدین محمد

Aka-uka Sayyidlar qoʻlida qoʻgʻirchoq podshoh
1699-yil 1-dekabr 1719-yil 28-fevraldan – 1719-yil 6iyungacha

(98 kun)

1719-yil 6-iyun (19 yoshida) Agra Hindiston
12  Shoh Jahon II

شاہ جہان دوم
Rafiuddin Muhammad

رفع الدين محمد

Aka-uka Sayyidlar qoʻlida qoʻgʻirchoq podshoh
1696-yil 5-yanvar 1719-yil 6-iyundan – 1719-yil 17-sentyabrgacha

(105 kun)

18 September 1719-yil 18-sentyabr (23 yoshida) Agra Hindiston
13

 

Muhammad Shoh

محمد شاہ
Nasiriddin Muhammad

نصیر الدین محمد

Aka-uka Sayyidlar qoʻlida qoʻgʻirchoq podshoh
1702-yil 7-avgust Gʻazna, Afgʻoniston 1719-yil 27-sentyabrdan – 1748-yil 26-aprelgacha

(28 yil 212 kun)

1748-yil 26-aprel (45 yoshida) Dehli, Hindiston
14

 

Ahmad Shoh Bahadur

احمد شاہ بہادر
Mujohiddin Muhammad

مجاہد الدین محمد
1725-yol 23-dekabr Dehli, Hindiston 1748-yil 29-apreldan – 1754-yil 2-iyungacha

(6 yil 37 kun)

1775-yil 1-yanvar (49 yoshida) Dehli, Hindiston
15  Olamgir II

عالمگیر دوم
Aziziddin Muhammad

عزیز اُلدین محمد
1699-yil 6-iyun Burhanpur, Hindiston 1754-yil 3-iyundan – 1759-yil 29-noyabrgacha

(5 yil 180 kun)

1759-yil 29-noyabr (60 yoshida) Kotla Fotihshoh, Hindiston
16  Shoh Jahon III

شاہ جہان سوم
Muhi ul-Millat

محی اُلملت
1711-yil 1759-yil 10-dekabrdan – 10 October 1760-yil 10-oktyabrgacha

(282 kun)

1772-yil (60-61 yoshida)
17

 

Shoh Aʼlam II

شاہ عالم دوم
Jaloliddin Muhammad Ali Gavhar

جلال الدین علی گوہر
1728-yil 25-iyun Dehli, Hindiston 1760-yil 10-oktyabrdan – 1788-yil 31-iyulgacha

(27 yil 301 kun)

1806-noyabr (78 yoshida) Dehli, Hindiston
18

 

Shoh Jahon IV

جہان شاه چہارم
Bedorbaxt Mahmudshoh Bahadur Jahonshoh

بیدار بخت محمود شاه بهادر جہان شاہ
1749-yil Dehli, Hindiston 1788-yil 31-iyuldan – 1788-yil 11-oktyabrgacha

(63 kun)

1790-yil (40-41 yoshida) Dehli, Hindiston
17  Shoh Aʼlam II

شاہ عالم دوم
Jaloliddin Muhammad Ali Gavhar

جلال الدین علی گوہر

Maratxa imperiyasi qoʻlida qoʻgʻirchoq podshoh
1728-yil 25-iyun Dehli, Hindiston 1788-yil 16-oktyabrdan – 1806-yil 19-noyabrgacha

(18 yil 339 kun)

1806-yil 19-noyabr (78 yoshida) Dehli, Hindiston
19

 

Akbar Shoh II

اکبر شاہ دوم
Muiniddin Muhammad

میرزا اکبر

Ost India kompaniyasi qoʻlida qoʻgʻirchoq podshoh
1760-yil 22-aprel Mukundpur, Hindiston 1806-yil 19-noyabrdan – 1837-yil 28-sentyabrgacha

(30 yil 321 kun)

1837-yil 28-sentyabr (77 yoshida) Dehli, Hindiston
20  Bahodur Shoh II Zafar

بہادر شاہ ظفر
Abu Zafar Sirajiddin Muhammad

ابو ظفر سراج اُلدین محمد
1775-yil 24-oktyabr Dehli, Hindiston 1837-yil 28-sentyabrdan – 1857-yil 21-sentyabr

(19 yil 360 kun)

1862-yil 7-noyabr (87 yoshida) Yangon

Izoh: Boburiy imperatorlari koʻpxotinli boʻlgan. Ularning haramlarida xotinlaridan tashqari bir nechta kanizaklari ham boʻlgan, ulardan ham farzand koʻrishgan. Bu esa har bir imperatorning barcha avlodlarini aniqlashni qiyinlashtiradi[18].

Boburiy imperatorlarining shajarasi

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Faruqui, Munis D.. The Princes of the Mughal Empire, 1504–1719. Cambridge University Press, 2012 — 25-bet. ISBN 9781107022171. 
  2. Mohammada, Malika. The Foundations of the Composite Culture in India. Akkar Books, 1 January 2007 — 300-bet. ISBN 978-8-189-83318-3. 
  3. Dirk Collier. The Great Mughals and their India. Hay House, 2016 — 15-bet. ISBN 9789384544980. 
  4. Chandra, Satish. Medieval India: From Sultanate to the Mughals — 202-bet. 
  5. Richards, John F.. The Mughal Empire, The New Cambridge history of India: 1.5 Johnson: . Cambridge: Cambridge University Press, 1 January 2016 — 1, 190-bet. ISBN 978-0521251198. 
  6. Spear 1990, ss. 147–148
  7. 7,00 7,01 7,02 7,03 7,04 7,05 7,06 7,07 7,08 7,09 7,10 7,11 7,12 7,13 Berndl, Klaus. National Geographic Visual History of the World. National Geographic Society, 2005 — 318–320-bet. ISBN 978-0-7922-3695-5. 
  8. Keay, 293-296
  9. Keay, 309-311
  10. Keay, 311-319
  11. Eraly, Abraham The Mughal Throne The Sage of Indiaʼs Great Emperors, London: Phonenix, 2004 p. 520.
  12. Eraly, Abraham The Mughal Throne The Sage of Indiaʼs Great Emperors, London: Phonenix, 2004 p. 191.
  13. „The great Aurangzeb is everybody's least favourite Mughal – Audrey Truschke | Aeon Essays“ (en). Aeon. Qaraldi: 2020-yil 2-avgust.
  14. 14,00 14,01 14,02 14,03 14,04 14,05 14,06 14,07 14,08 14,09 D’souza, Rohan „Crisis before the Fall: Some Speculations on the Decline of the Ottomans, Safavids and Mughals“ pp. 3-30 from Social Scientist, Volume 30, Issue # 9/10, September-October 2002 p. 21.
  15. Keay, 361-363, 385-386
  16. 16,0 16,1 Bose, Sugata. Modern South Asia: History, Culture, Political Economy, 2nd, Routledge, 2004 — 41-bet. ISBN 978-0-203-71253-5. 
  17. „The Mughal emperors in India“, The Caliphate, Routledge, 161–164-bet, 2016-11-18, doi:10.4324/9781315443249-20, ISBN 978-1-315-44324-9, qaraldi: 2023-01-07
  18. Dalrymple, William. The Last Mughal. London: Bloomsbury Publishing Plc, 2006 — 44-bet. ISBN 978-1-4088-0092-8. 

 

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir