Lale Belkıs (1938-yil 28-noyabrda Istanbulda tugʻilgan), (asl ismi: Belkıs Durmaz; Turmushga chiqqach Belkıs Otağ) qoʻshiqchi, sobiq model, koʻplab qoʻshiqlar muallifi, bastakor, teatr, kino va teleserial aktrisasi, dublyaj rassomi, shoir, yozuvchi va rassom[1].

Lale Belkıs
Tavalludi
Belkıs Otağ

28-noyabr 1938
Istanbul Turkiya
Fuqaroligi  Turkiya
Kasbi Qo'shiqchi, aktrisa, bastakor, shoir, yozuvchi, rassom, birinchi milliy model, dublyaj rassomi
Faoliyat yillari 1953-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Yalçın Otağ

Hayoti va ijodi

tahrir

Belkıs 1938-yilda Istanbulda tugʻilgan. Uning asl ismi „Belkis Durmaz“. Belkısning otasi Ismoil Durmaz, Chanoqqal’a jangida aloqachi boʻlgan. Eyüpda oilasining eng kenja farzandi boʻlib dunyoga kelgan. 12 yoshigacha shu yerda yashagan, keyin oilasi bilan Moda tumaniga koʻchib oʻtgan. Keyingi yillarda shu uyi uchun atab „Doğduğum Ev“ (Men tugʻilgan uy) qoʻshigʻini yozdi[2]. U oʻzining ilk badiy faoliyatini model sifatida 1953-yilda boshlagan. 1954-yilda institut tomonidan tashkil etilgan moda koʻrgazmasining podiumda paydo boʻldi. Belkisning fotosuratlari ertasi kuniyoq gazetalarda chiqarildi va shu orqali mashhurlikka erishdi. Institut tomonidan berilgan kiyimlarni ikki oy davomida xorijga reklama qildi. Shunday qilib Belkıs Turkiyada hamda chet elda ham taniqli modelga aylandi. oʻzining birinchi milliy model unvonini oldi[2].

1960-yilda Lale Oraoğlu bilan birgalikda teatrda aktyorlik faoliyatini boshlagan. 1962-yilda aktrisa, aktyor Pekcan Koşarga turmushga chiqgan. Koşar bilan turmush qurganidan soʻng „Evlilik Dolabı“, „Boeing Boeing“, „Becerikli Kaynana“ kabi teatr spektakllarida rollar ijro etgan[3]. Rassom Oraloğlu teatri, Dormen teatri, Arena teatri, Gong teatri va Küçük teatr guruhlarida ham ishlagan.

Manbalar

tahrir