Lalmikor neft-gaz koni
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Lalmikor neft-gaz koni - Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanida, Jarqoʻrgʻon shahridan 56 km shim.-sharqda joylashgan. 1943-yilda anikdangan. Keyingi yillarda konda razvedka va sinov ishlari bajarilgan. Konning geologik tuzilishida olay, buxoro katlari va boʻr, neogen davri jinslari ishtirok etgan. Konda 63 ta burgʻi qudugʻi kovlangan. Quduqlari olay (9 ta), buxoro (44 ta) qatlari, boʻr (9 ta) va neogen (1 ta) davri jinslarida kovlangan Lalmikor neft-gaz koni-g .k. tektonik jihatdan Lalmikor antiklinal strukturasida joylashgan. Lalmikor antiklinali Surxon megasinklinalining tektonik chiziqlarida oʻrnashgan. Strukturaning gum-baz qismi qiya, 2—3 kichik gumbazchalar bilan murakkablashgan. Qanotlari 27—28° enkaygan. Lalmikor neft-gaz koni-g .k.da kovlangan 49 ta quduqda 117 ta tekshiruv obʼyekti sinalgan. Ularda boʻr va paleogen yotqiziqlarining samarador qatlamlari aniqlangan. 22 tekshiruv obʼyektidan neft, 41 tasidan neft va suv, 23 tasidan suv olingan, 6 tasi boʻsh. Kondagi sanoat ahamiyatiga molik gorizontlar olay (L gorizont, eotsen), buxoro qatlari (I, II, III, IV, V gorizontlar — paleogen) va boʻr davri yotqiziqlari (VIII gorizont)da. Gazning debiti 55 ming m³/sutkadan 1775 ming m’/sutkagacha. Neftniki 1 t/sutkadan 100 t/sut-kagacha. Lalmikor koni nefti ogʻir, tarkibida oltingugurt koʻp, qatron va parafinli, 300° gacha qizdirilganda ajralib chiqadigan fraksiyalar 15— 26 %. Gaz quruq metanli, oltingugurt, karbonat angidridi va azot kam. Kondan 1974-yildan foydalanib kelinmoqda.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |