Langar — 1) kema va boshqa suzib yuruvchi vositalar (mayoq, bochka, zemsnaryad) ni suv yuzida bir joyda tutib turadigan moslama. L. mustahkam, ishlatilishga qulay, istalgan grunt bilan puxta tishlashadigan bulishi kerak. L.ning doimiy, suzuvchi va vintsimon xillari bor. L.ning asosiy detali sterjen. Sterjenning bir uchidan kaftli shox, ikkinchi uchida zanjir bogʻlash uchun teshigi (skobasi) bor. Baʼzi konstruksiyalarida skobadan pastrokda shtok buladi; 2) dorbozlar dor ustida muvozanat saqlash uchun foydalaniladigan uzun (odatda, 6—6,5 m) tayoq, langar choʻp; 3) qayiqchilar qayiqni sayoz joydan olib oʻtayotganda ishlatiladigan tayoq.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil