Langar bola
AQSh hududida tugʻilgan bola ushbu mamlakat fuqaroligini olish huquqiga ega. AQShda „Anchor Babies“ (ingl. anchor — langar) deb nom olgan bunday goʻdaklar noqonuniy immigrantlarning farzandlari boʻlib, amaldagi qonunchilikka koʻra, ular AQSh hududida tugʻilishi bilan ushbu mamlakat fuqarosi sifatida qaraladi. Ular barcha fuqarolar ega boʻlgan huquq va imtiyozlarga ega. Chunonchi, ularning bepul taʼlim va tibbiy xizmatdan, shuningdek, ijtimoiy taʼminotdan foydalanish huquqlari kafolatgan.
Qonunchilik
tahrirAQSh konstitutsiyasining ilk nusxasida AQShda tugʻilgan bolalarga fuqarolik berish koʻzda tutilmagan. Bu huquq qullikdan ozod qilingan afro-amerikaliklar uchun fuqarolikni kafolatlash maqsadida 1868-yilda konstitutsiyaga kiritilgan 14-tuzatish bilan mustahkamlangan. Unga binoan, AQSh hududida tugʻilgan shaxs, ushbu davlat qonunchiligiga muvofiq, AQSh fuqarosi hisoblanishi qayd qilingan. Tuzatish xorijliklar bolalariga fuqarolik berishni koʻzda tutmagan. Biroq koʻpchilik tuzatishdagi „qonunchilikka muvofiq“ degan jumla AQSh hududida tugʻilgan barcha shaxslarga fuqarolikni kafolatlaydi, deb hisoblashadi.[1]
Ushbu huquqiy atama yangitdan vujudga kelgan AQShga bevosita daxldor boʻlmagan mahalliy aholiga toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik berilmasligini koʻzda tutardi. Masalan, hindular qabila qonunlariga buysunishgani tufayli AQSh fuqaroligidan mahrum etilgan. Bu tartib AQSh oliy sudi tomonidan toʻxtatiladi. Keyinchalik bu taomil AQSh kongressi 1924-yilda qabul qilgan fuqarolik toʻgʻrisidagi qonun bilan yanada aniqlashtirilib, Amerikada tugʻilgan har bir shaxs AQSh fuqarosi hisoblanishi belgilab qoʻyildi.
Istisnolar
tahrirXorijdan tashrif buyurganlar, echilar, konsullar va boshqa diplomatik muassasalar xodimlari AQSh qonunchiligi taʼsiri ostida boʻlmaganligi bois ularning AQShda tugʻilgan farzandlari fuqarolikka daʼvogarlik qilolmaydi.
Statistika
tahrirStatistik maʼlumotlarga koʻra, AQShda har yili oʻrtacha 400 ming nafar atrofida noqonuniy immigrantlar farzandi dunyoga keladi. Ularga AQSh fuqaroligini olish kafolatlanadi. Bu bolalar 21 yoshga etgandan soʻng oʻz qarindoshlarini AQShga chaqirish huquqiga ega. Maʼlumotlarga koʻra, Amerikada tugʻiladigan har 12 nafar chaqaloqning bittasining ota-onasi noqonuniy immigrantlar hisoblanadi. Ularning 75 foiziga yaqini meksikaliklardan iborat. Meksikadan noqonuniy yoʻllar bilan Amerikaga oʻtishga intilayotgan homilador ayollarning koʻpligi, ular turli yoʻllar bilan AQSh tugʻuruqxonalaridagi doyalar xizmatidan foydalanish va shu orqali chaqaloqni roʻyxatdan oʻtkazishga harakat qilishi ham buni tasdiqlaydi. Shu bois ham AQSh konstitutsiyasi kiritilgan 14-tuzatishga qarshi boʻlganlar safi juda koʻpayib bormoqda.
Qarshiliklar
tahrirShuni alohida qayd etish kerakki, bu konstitutsiyaviy meʼyor ustida uzoq yillar davomida bahs-munozara ketadi. Ayrimlar bu meʼyor aksariyat xorijliklarga AQShga kirish uchun shart-sharoit yaratib beradi. Ayniqsa, Meksikadan AQShda yashash va ishlash huquqini olish uchun konstitutsiyaning mana shu talabidan foydalanishga harakat qilayotganlar juda koʻpchilikni tashkil qiladi.
Mashhurlar
tahrir„Anchor Babies“ orasidan koʻplab mashhur kishilar chiqqanligini aytish oʻrin. Sobiq AQSh davlat kotibi Kollin Pauell, CNNning mashhur teleboshlovchisi Larri King va boshqalar shular jumlasidandir.
Manbalar
tahrir- ↑ АҚШда туғилиш бахти[sayt ishlamaydi]
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |