Langustlar (Palinura) — oʻnoyokli qisqichbaqasimonlar turkumining bir urugʻi. Uzunligi 60 sm ga yaqin, Moʻylov (antenna)lari uzun, yurish oyoklari, odatda, qisqichsiz. Tanasi va antennalari tikanlar bilan qoplangan. Qorni uzun, qorinoyoqlari kalta, kuchsiz. 100 ga yaqin turi tropik va subtropik dengizlarda, faqat oddiy L. (Palinura elephas) Yevropa dengizlarida tarqalgan. Antennasining 1-boʻgʻinini koʻkrak qalqoniga ishqab baland tovush chiqaradi. L. tovushi baliqlarni choʻchitib, ularni oʻljani tashlab qochishga majbur qiladi. Bu oʻlja L.ga qoladi. L. bilan osminoglar oziqlanadi. L. ovlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil