Laos Xalq Demokratik Respublikasi fuqarolik pasporti
Laos fuqarolik pasporti — mamlakatdan chiqib ketish va undan tashqarida qolish, shuningdek, chet el safaridan davlat hududiga kirishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi rasmiy hujjatdir.
Laos Xalq Demokratik Respublikasi fuqarolik pasporti | |
---|---|
Laos oddiy biometrik pasportining old muqovasi. | |
Turi | pasport |
Kim tomonidan berilgan | Laos |
Ilk chiqishi | 2016-yil 30-iyun (biometrik pasport) |
Maqsad | shaxsni tasdiqlash |
Muvofiqligi | Laos fuqaroligi |
Yaroqlilik muddati | 10 yil |
Tarixi
tahrir2016-yil aprel oyida Laosda Rossiyaning Goznak federal davlat unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan biometrik pasportlarni sinovdan oʻtkazish boshlandi.[1]
Tashqi koʻrinish
tahrirTashqi tomondan biometrik pasportlar eski namunadagi pasportlardan unchalik farq qilmaydi[2]. Yangi hujjatda koʻpaytirilgan sahifalar, gologramma folga varagʻida chop etilgan identifikatsiya maʼlumotlari sahifasi, jumladan, imzo tasviri va egasi suratining rangli nusxasi mavjud. Chip orqa muqovada joylashgan.
Pasport koʻk rangda, (laoscha: ສາທາລະນະລັດ ປະຊາທິປະໄຕ ປະຊາຊົນລາວ; fransuzcha: République Démocratique Populaire Lao;) „Lao Peopleʼs Democratic Republic“ va (fransuzcha: Passeport) „Passport“ yozuvlari laos, fransuz va ingliz tillarida mavjud[3]. Markazda oltin rangda Laos gerbi tushirilgan. Pasport laos, fransuz va ingliz tillarida beriladi. Hujjat ichida RFID chipi mavjudligini koʻrsatuvchi biometrik pasportlar belgisi muqovaning eng pastki qismida joylashgan[4]. Bugungi kunga kelib, Laos biometrik pasportida pasportning asosiy identifikatsiya elementi sifatida pasport egasining rangli fotosurati, barmoq izlari, elektron imzo, egasining tugʻilgan sanasi va joyi, pasport berilgan sana va uni bergan organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlar saqlanadigan mikrosxema (elektron chip) mavjud. 10 yil muddatga chiqariladi[5].
Identifikatsiya sahifasi
tahrirLaos pasportida quyidagi maʼlumotlar mavjud:
- Egasining fotosurati
- Turi (pasport belgisi uchun P)
- Davlat kodi (Laos uchun LAO)
- Pasport raqami
- Familiya
- Ism
- Laosdagi ismi
- Fuqarolik (LAO)
- Tugʻilgan sana (DD. MM. YYYY)
- Jins (M/F)
- Tugʻilgan joyi
- Chiqarilgan sana (DD. MM. YYYY)
- Yaroqlilik muddati (DD. MM. YYYY)
- Kim tomonidan berilgan
- Egasining imzosi
Egasi haqida maʼlumot sahifasi P<LAO bilan boshlanadigan mashina oʻqilishi mumkin boʻlgan kod maydoni bilan tugaydi.
Tillar
tahrirMaʻlumot sahifasi laos, fransuz va ingliz tillarida chop etilgan.
Pasport xabari
tahrirPasportda odatda uchda beriladigan maxsus xabar mavjud. Murojaat xorijiy davlatlarning hokimiyat vakillariga qaratilgan. Ushbu murojaatda Laos Xalq Demokratik Respublikasi Hukumati nomidan Laos Tashqi ishlar vazirligi pasport egasiga toʻsiqlarsiz oʻtish, sayohat qilish va unga zarur yordam koʻrsatishni soʻraydi.
laoscha: ໃນນາມ ລັດຖະບານ ແຫ່ງ ສາທາລະນະລັດ ປະຊາທິປະໄຕ ປະຊາຊົນລາວ ກະຊວງການຕ່າງປະເທດ ຂໍໃຫ້ເຈົ້າໜ້າທີ່ ທີ່ກ່ຽວຂ້ອງຈົ່ງໃຫ້ອຳນວຍຄວາມສະດວກ ໃນການໄປມາ ແກ່ຜູ້ຖືໜັງສືຜ່ານແດນສະບັບນີ້ ແລະ ໃຫ້ຄວາມຊ່ວຍເຫຼືອຄຸ້ມຄອງໃນຄາວຈຳເປັນອີກດ້ວຍ.
fransuzcha: Au nom du Gouvernment de la Republique Democratique Populaire Lao, le Ministere des Affaires Etrangeres prie les autorites competentes de laisser passer librement le titulaire de ce passeport, et de lui donner aide et protection en cas de bosoin.
inglizcha: In the name of the Government of the Lao People's Democratic Republic, the Ministry of Foreign Affairs requests all relevant authorities to whom it may concern to allow the bearer to pass freely, and to afford the bearer any such assistance and protection as maybe necessary.
Laos fuqarolari uchun viza talablari
tahrirLaos fuqarolari vizasiz kirishlari yoki dunyoning 45 mamlakati va hududlariga kelganlarida vizaga murojaat qilishlari mumkin[6].
Manbalar
tahrir- ↑ „Граждане Лаоса получат "российские" биометрические документы — Российская газета“.
- ↑ „Архивированная копия“.
- ↑ „Фото паспорта“.
- ↑ „Биометрические паспорта для Лаоса сделали в России“.
- ↑ „Вести.Ru: Биометрические паспорта для Лаоса сделали в России“.
- ↑ „Архивированная копия“. 2015-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.