Laqay ot zoti — jaydari ot zoti. Vatani — Oʻrta Osiyo. Bundan 300—400 yil muqaddam laqaylar tomonidan mahalliy jaydari moʻgʻul tipidagi ot zotini yovmut, axaltaka, qorabayir va arabi ot zotlari bilan chatishtirish va uzoq, tanlash asosida yaratilgan. Laqay ot zotiz. quruq va issiq iqlimga moslashgan. Togʻli hududlarda salt minish, yuk tashish, aravaga qoʻshish, poyga va uloq musobaqalari uchun moʻljallangan (poygada 1000 m masofani 1 min. 12,7 sek.da bosib oʻtgan). Tana tuzilishi pishiq., koʻkrakdor, sagʻrisi keng, oyoqlari qotma, tusi, asosan, toʻriq, koʻk, saman, jiyron, kamdankam qora. Tirik vazni 400–450 kg. Serpushtligi 85—95%. Laqay ot zotiz. aygʻirlarining qarchigʻay balandligi 145,7 sm, gavdasining uzunligi 150 sm, koʻkrak qafasi aylanasi 161,8 sm, pochasining aylanasi 19 sm. 2—3 yoshli toylari poygaga oʻrgatiladi. Asosan, Tojikistonda (Hisor togʻ yaylovlari, Yovon dashti) va Oʻzbekistonning Denov mintaqasida boqiladi. Laqay ot zotiz. Dushanba yaqinidagi Sultonobod ot zavodi va respublikadagi maxsus yilqichilik xoʻjaliklarida urchitiladi.

Adabiyot tahrir

  • Toʻraqulov 3. va boshqa, Yilqichilik, T., 1985. Abdusattor Amirov.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil